342
Mahalliy davlat hokimiyati organlari turizm sohasida barcha turistik
yo‗nalishlar bo‗yicha turistlarning himoya qilinishini va xavfsizligini ta‘minlash
mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqadilar va ularning bajarilishini tashkil etadilar.
Turistik faoliyat sub‘ektlari turistlarning xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha ular
jarohatlanganda, kasallanganda va boshqa hollarda tibbiy va o‗zga
xil yordam
ko‗rsatish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqadilar.
19–moddasi: Turistlarning xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari.
Turistik faoliyat sub‘ektlari turistlarning xavfsizligini ta‘minlash maqsadida:
turistlarning safarda xavf – xatardan holi bo‗lishlari uchun shart-
sharoitni, safar, sayr, ekskursiya yo‗llari, musobaqalar o‗tkaziladigan
joylarning
ta‘minlanishlari;
turistlarga jarohatlanish va baxtsiz hodisalardan saqlanish hamda
ularning oldini olish usullarini o‗rgatishlari, birlamchi tibbiy yordam ko‗rsatish
yuzasidan yo‗l-yo‗riq berishlari, shuningdek, belgilangan yo‗nalishning xususiyati
va turistlarning xatti-harakatiga bog‗liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan xavf
manbalari haqida ularning o‗zini xabardor qilishlari;
turistlarning sayohatlar, safarlar, musobaqalar, boshqa turistik
tadbirlarga tayyorgarligi ustidan nazoratni amalga oshirishlari;
falokatga uchragan turistlarga tezkor yordam ko‗rsatishlari;
avtomobil, tog‗-chang‗i, velosiped, suv, mototsikl, piyoda safar, g‗or
tuizmi va turizmning boshqa maxsus turlarini tashkil etish va o‗tkazishda
xavfsizlikning alohida talablarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari shart.
Dostları ilə paylaş: