343
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turizm tashkilotlari
faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‗g‗risida»gi
qaroriga
55
muvofiq
quyidagi moddalar turistlarning hayoti xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan:
xavf-xatar manbalari bo‗lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib
chiqishlaridan oldin, O‗zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar
yoki havf-xatarlar kelib
chiqishi mumkin bo‗lishi yoki bo‗lmasligi yuzasidan tegishli ma‘lumotlar olish;
ruxsat etilgan xavfsiz yo‗nalishlar bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan
holda belgilangan xavfsiz yo‗nalish bo‗yicha sayyohat qilishni ta‘minlash;
belgilangan yo‗nalishning xususiyati va sayyohlarning xatti-harakatiga
bog‗liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan
havf-xatar manbalari haqida
ularning o‗zini xabardor qilish va xavfsizligini ta‘minlash;
qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el sayyohlari bilan xavfsizlik
choralariga rioya etishlari, O‗zbekiston Respublikasida bo‗lish tartibi,
ekologik
xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga
amal qilishlari to‗g‗risida tegishli tushuntirish ishlarini o‗tkazadi.
Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish mavzusida – «Ekologik turizm
marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta‘minlash»
yuzasidan marshrut
rahbari amalga oshiriladigan ishlar ro‗yxati keltiriladi. Turistik marshrutlarning
barchasida turistlarning hayoti xavfsizligini ta‘minlash chora tadbirlari ishlab
chiqilishi va marshrutni o‗tkazadigan turistik tashkilot
rahbarining imzosi va
gerbli muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim.
«Forma» lotin tilidan tarjima qilinganda o‗rnatilgan tartib ma‘nosini beradi.
«Formalniy» o‗rnatilgan namuna bo‗yicha bajarilgan demakdir. «Formalnosti» -
«Rasmiyatchilik» - biror bir muhim va ma‘suliyatli ishni bajarishda talab
qilinadigan, qonunchilik tomonidan o‗rnatilgan shartlar yoki harakatlar majmuidir.
Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif buyurmoqchi bo‗lgan
shaxslar odatda faqat chegaraga oid va bojxona rasmiyatchiliklari mavjud deb
55
http//www.Lex.uz
344
o‗ylashadi. Biroq, turist o‗z davlatiga olib kirishi mumkin bo‗lgan bir talay hayot
uchun o‗ta xavfli kasalliklar mavjud, tropik mamlakatlarga kirishni tartibga solib
turadigan sanitar – epidemiologik qoidalar ham juda muhim ekanligiga e‘tirozlar
bo‗lmasa kerak. Tibbiy sanitar qoidalarini bilish va ularga qat‘iy
amal qilish
turistni sayohat chog‗idagi ko‗plab ko‗ngilsizliklardan saqlaydi.
Chegaradan hayvonot va o‗simliklar namunalarini o‗tkazishning qat‘iy
belgilangan tartibi ham xorijga safar chog‗ida sug‗urta qilish masalasi ham turist
uchun muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, bir qator boshqa, qonunchilik
tomonidan davlat manfaatlari va jamoat xavfsizligi hamda sayohat qilayotgan
shaxslar va atrof-muhit muhofazasi nazarda tutilgan xalqaro turizmning keng
ommaga deyarli noma‘lum shartlari va qoidalari ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: