O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə203/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Tibbiy rasmiyatchiliklar 
O„zbekistondagi bojxona qoidalari. 
Xorijiy valyuta olib kirish va olib
chiqish cheklanmagan, deklaratsiya shartnomasida 2000 AQSH $ dan ortiq
miqdorda xorijiy valyutani olib chiqishga mamlakatga muvofiq miqdorda pul olib
kirilganini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi bo‗lsa, ruxsat beriladi. Milliy
valyutani naqd ko‗rinishida olib chiqish va olib kirish 272000 sum qilib
cheklangan (274 AQSH $ atrofida).
Yirik miqdordagi milliy valyutani olib kirish va olib chiqish Markaziy bank
ruxsati bilan mumkin (ko‗plab nazorat punktlarida olib chiqiladigan pullar
tekshiruvi amalga oshirilmaydi). 16 yoshdan katta shaxslarga 1000 tagacha sigaret
yoki 1000 gr. tamaki mahsulotlari; 1,5 litrgacha alkogol ichimliklar va 2 litrgacha
vino; shaxsan foydalanish uchun ma‘lum miqdorda pardoz vositalari, shuningdek,
umumiy miqdori 10.000 $ dan ko‗p bo‗lmagan shaxsan foydalanish uchun
mahsulotlar bojsiz olib kirishga ruxsat berilgan.
Giyohvand moddalar va kuchli ta‘sir qiluvchi dori-darmon (ularni qo‗llash
zaruratini tasdiqlovchi resepsiz), qurol va o‗q-dori, O‗zbekiston davlat siyosati va
islom aqidalariga qarshi yo‗naltirilgan foto sur‘atlar, bosma va videomaterillarni,
hayvonlarni (ularni olib kirish uchun maxsus ruxsat zarur), meva va sabzavotlarni
olib kirish ta‘qiqlangan. Barcha qimmatbaho buyumlar (taqinchoklar, foto va
video kameralar, kompyuterlar va hakozo) bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan
bo‗lishi shart.



350


Qimmatbaho materiallar va toshlar, muyna, qurol va o‗q-dori, badiiy va
tarixiy qimmatga ega buyumlar (bunga tayyorlanganiga 100 yildan ko‗proq
bo‗lgan har qanday buyum kiradi) ni olib chiqish uchun davlat Madaniyat
Vazirligining maxsus ruxsati zarurdir.
Davlat idoralari va ba‘zi jamoat tashkilotlari turizm siyosatiga, boshqaruvni
loyihalashga va o‘qitish tizimga tegishlidir. Misol uchun, safar rasmiyatchiliklari
immigratsiya, chegara xavfsizligi va bojxona idoralaridagi bo‘limlar va
konsultatlari tomonidan boshqariladi.
56
Sayohat vositachilari va mehmonxonalarga
kabi katta turizm tadbirkorchiligini boshqaruvchi, litsenziyalovchi va tartibga
solish uchun javobga bo‘lgan bo‘limlar mavjud. Bundan tashqari, turli xil
maktablarda kasb training guruhlarini tashkil qilish va yaratish davlat tomonidan
beriladigan yordamga bog‘liq hisoblanadi. Umumiy qilib aytganda, kelajakdagi
turizm sohasini rivojlantirishni muvofiqlashtirish va rejalashtirish ko‘pchilik
bo‘limlarni va sdohalarni birlashgan xatti-harakatlarini talab qiladi.
Quyidagilar turizm sohasiga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bo‘limlar va
jamoat turizm tashkilotlari.
Milliy Turizm Tashkiloti (Misol: Tourism Canada)
Viloyat turizm Tashkiloti (turli xil viloyatlar: Misol uchun, Tourism New
South Wales, Australia)
Mahalliy Turizm tashkilotlari (Misol uchun: Gong Kong Turizm idorasi)
Savdo-sotiq idoralari (Misol uchun: Savdo sotiq va iqtisodni rivojlantirish
byurasi)
Siyosat tashkilotlari (Turizm Kommissiyasi misol uchun)
Dengiz tashkilotlari (Misol uchun: Marine Department)
Immigratsiya departmenti (Misol uchun: Immigigratsiya departamentsi)
Boshxona boshqarmasi (Misol uchun: Gong Kong Bojxonasi va
Yo‘lovchi tashish boshqarmasi
Loyihalashtirish boshqarmasi
Tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi

56
Wan Chai. Introduction to Management Hospitality. Clayron W.Barrows and anothets. USA, 2012.





351


Havo yo‘llar boshqarmasi
Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi
Sog‘liq boshqarmalari.
Turizm sohasi ichiga kiruvchi davlat boshqarmalarni kundalik ishlari ularni
safar rasmiyatchiliklariga tegishli bo‘lgan sayohatchilarga vizani formasidan
immigratsiya qilguncha bo‘lgan xizmatli yaratib berish. Quyidagilar turli xil davlat
boshqarmalarini ishtirokini talab qiladigan safar rasmiyatchilikini ba‘zi umumiy
misollari hisoblanadi.
Misol 1: Pasports
Eng muhim safar uchun kerakli hujjat bu pasportdir. Bu rasmiy hujjat
hisoblanib, buning yordamida turiztning fuqaroligi aniqlanadi. Pasport mustaqil
davlat tomonidan beriladi, passport egasining fuqaroligini va bir necha asosiy
shaxsiy ma‘lumotlarini ya‘ni tug‘ilgan kuni, jinsi, tegishli va favqulodda aloqa
ma‘lumotlarini tasdiqlaydi. Pasport egasining rasmi asosiy varaqda hujjatning
haqiqiy ekanligini isbotlovchi shtamp va pechat bilan joylashgan bo‘ladi.
Pasportning berilgan vaqti va foydalanish muddati shuningdek ko‘rsatilib o‘tiladi.
Pastport egasi har 10 yilda pasportini yangiliash kerak bo‘ladi.
Har bir pasportda blanka varaqlari bo‘ladi, bu boshqa davlatlarning
elchixonalari ularning visalari uchun shtamp qo‘yishiga ruhsat baradi, shuningdek
mehmon davlatga kirish va chiqib ketish shtamplari bosish uchun chegara
idoralariga imkoniyat beraadi. Millat xavfisizligini ta‘minlash sababli, hamma
pasportlar qalbakilashtirishni oldini olish maqsadida juda ehtiyotkorlik bilan ishlab
chiqiladi va bosma qilinadi.
Pasport har bir odamnig shaxsini aniqlash uchun davlat tomonidan beriladigan
rasmiy hujjat hisoblanadi va bu odatda har besh va o‘n yildan beriladi. Umumiy
qilib aytgan, quyidagi ma‘lumotlar bu hujjatda ko‘rsatilib o‘tiladi.
Pasport eganing ismi
Pasport egasining rasmi
Shaxsiy ma‘lumotlar (millati, tug‘ilgan sanasi)
Berilgan vaqti



352


Kim tomonidan berilgani
Amal qilish muddati
2-misol: Viza
Pasportga qo‘shimcha tariqasida, vizalar boshqa rasmiyatchiliklarda juda
ahamiyatli rolni o‘ynaydi. Mehmon bo‘lib boruvchi davlat bilan hech qanday
kuchli siyosiy aloqadorlik bo‘lmagan chet davlatidagi touristlar odatda ularni o‘z
davlatlaridan chiqib ketishidan oldin o‘zlari davlatidagi tegishli yoki
elchixonalaridagi viza olishini talab qiladi. Hujjatlar, passport, ishchining hati,
qaytib kelish havo yo‘llar biletlari, mehmonxonaning band qilish haqidagi qabuli
yoki ma‘lum bir kelishilgan yashash joyini isbotlovchi hujjat shuningdek talab
qilinadi. Elchixona rasmiy hodimlar shuningdek boshqa qonuniy qog‘ozlarni
so‘rashlari mumkin, misol uchun bank xisob varag‘I (arizachining sayohat qilish
uchun moliyaviy qobiliyatini) va sayohat sug‘urtasiini. Bu formala bilan arizachi
o‘zining rasmlarini taqdim qilishi kerak.
Har bir vizaning amal qilish muddati bo‘ladi. Agarda turist bu vaqtdan ko‘p
tashrif buyurgan davlatdagi mehmonxonada qolishini hohlasa, unda u qancha
vaqtgacha qolish mumkinligini haqidagi yana ariza berishi kerak bo‘ladi. Chet elda
qolishni hohlovchi turistlar studentlar vizasini olishini talab qilishlari mumkin. Bu
holatda, tegishli ta‘lim muassasasidan hujjatlar kerak bo‘ladi.
Viza ruhsat berilgan qolish muddati, amal qilish muddati va viza olingan
davlatga belgilangan vaqt davomida necha marta kirishi chiqishini aniqlab beradi.
Biza olish uchun, arizachi quyidagi qo‘llab quvvatluvchi hujjatllarni taqdim qilishi
kerak bo‘ladi:
-

Qolish davrini qoplovchi yetarli mablag‘ haqidagi isbot


-

Ishch beruvchinign sertifikati (ixtiyoriy)


-

Qaytib kelish bileti


-

Sayohatning davomiyligini ko‘rsatuvchi hujjat


-

Vaksina sertifikati (ixtiyoriy)


3-misol: Sog‘liqni saqlash talablari:



353


Yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish maqsadida, yuqumli kasallik
bor deb e‘lon qilingan hududlardan jo‘nab ketayotgan turistlardan rasmiy
tasdiqlangan tibbiyot hodimlari va tashkilotlari tomonidan beriladigan vaksina yoki
sog‘liqini ko‘rsatuvchi isbot hujjatini taqdim etishini talab qilinadi. Yoshi katta
sayohatchilardan.
The Hong Kong Travel Health Service Sog‘liq Saqlash Tashkilotining Port
Health Office tomonidan boshqariladi. Bu Gong Kong ichkarisida kasalliklarni
tarqalishini oldini olish shuningdek sayohatchilarni sog‘liqni himoyat qilish va
ta‘minlashga yordam beradi.
Infeksiya hududidan yetib kelgan sayohatchilardan odatda ular ma‘lum bir
kasallikga qarshi vaksina olganini isbotlash talab qilinadi. Jahon Sog‘liqni Saqlash
Tashkiloti shu maqsadda Xalqaro Vaksina Sertifikatini ishlab chiqaradi.
Agarda yo‘lovchi hech qanday kerakli vaksinalarni olganligini haqidagi
hujjatsiz biron bir davlatga yetib kelsa, unda u davlatga kirishi kechiktiriladi, tibbiy
ko‘rikdan o‘tishi, karantinga tushirishi yoki shu yerda emlanadi.
4-misol: Bojxona va Soliqlar/Burchlar
Savdo-sotiq, gigiena va xavfsizlik sababli, turli xil mehmon davlatlarni juda
qattiq taq‘iqlangan dori-darmonlarning ro‘yxati mavjud. Turli xil xavfli va o‘limga
sabab bo‘luvchi qirollarni olib kiruvchi turistlar shafvaqtsiz jarima yoki jazoga
duch keladilar. Misol uchun, ba‘zi davlatda misol uchun Tailanda narkotrafik bilan
sudlansa unga o‘lim jazosi beriladi.
Soliq solinadigan mahsulotlar misol uchun tamaki yoki alkologik mahsulotlar
ma‘lum bir darajada cheklanadi (ya‘ni hajmi yoki massasiga qarab). Shuningdek
sahohatchi yonidan akksesuarlar ya‘ni elektr uy-xo‘jalik texnikalariga ham soliq
solinishi mumkin. O‘zlarining uy jonzotlari bilan sayohat qiluvchi turistlarga
odatda muhim ruhsatnoma kerak bo‘ladi va vaksina haqidagi hujjat ham talab
qilinishi mumkin. Ba‘zi davlatlarda miso luchun Amerika Qo‘shma Shtatlarida
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olish kirishda kuchli siyosat mavjud bo‘lib xattoki
bu siyosat o‘simliklar va o‘tlarga ham qo‘llaniladi.



354


Sotuv soliq tizimini qabul qilgan ba‘zi mezbon davlatlar ko‘p savdo qiluvchi
turistlarga arzon olish imkoniyatini beradi buning asosiy maqsadi qolish
mobaynida ularni ko‘proq mahsulot sotib olishga undash maqsadida. Bojxona
tashkilotlari odatda tashrif buyuruvchi o‘z vataniga qaytishidan oldin qaytadan
mablag‘lashtirish jarayonlarini boshqaradilar. Ko‘p davlatlar turin olib kela
oladigan va olib chiqib keta oladigan ikkala chet el falyutasi va o‘zlarining milliy
valyutasi qiymati borasida o‘z siyosatlariga egalar. Jo‘nab ketishidan oldin,
transport operatiorlari mezbon davlatga bojxona dekleratsiya hujjatlarini va jo‘nab
ketish kartochkalarini tashrif buyurchilarga kirish muddatida to‘ldirish uchun
tarqatishga yortab beradi.
5-misol: Jamoat xavfsizligi.
Jamoat xavfiszligi dunyodagi davlatlar uchun asosiy muommolardan biri
xisoblanadi, ayniqsa airportdagi jamoat xavfsizligi. Xavo yo‘llar yo‘lovchilarning
xavfsizligni ta‘minlashda ko‘plab airportlar qattiq xavfsizligi chora-tadbirlarni
qo‘llab kelmoqdalar. Qo‘shimcha tariqasida, Gong Kong SAR hukumati chet elga
safarga ketmoqchi bo‘lgan Hong Gongda iste‘qomat qiluvchi aholi uchun
yangilangan internetga asoslardan sayohat maslahatini yo‘lga qo‘ygan.
Asosiy mahalliy turizm tashkilotlari va qonuniy organlar
1. Turizm kommisiyasi
Turizm
Kommisiyasi
turli
xil
turizm
sohalarini
davlat
ichida
muvofiqlashtirish va Gong Kongdagi turizm rivojlanishiga davlat qismidagi yuqori
sifatli boshqaruvchilik va siyosiy qo‘llab-quvvatlash ta‘min maqsadida 1999 yil
may oyida tashkil qilingan.
Kommisiyaning asosiy maqsadi Hong Kong ni Osiyoning eng yetakchi
xalqaro shahar sifatida yaratish, biznes va dam olish maqsadida keluvchilar uchun
eng yaxshi manzilgoh etishdir. Bu vazifani bajarish uchun Kommisiya ishlab
chiqarish bilan birgalikda iqtisodning asosiy sektorlarning biri sifatida most nom
olish, Hong Turizm Idorasasi va hukumatni birgalikda o‘zaro kelishgan holda
ishlashdir.



355


Turizm Kommisiyasi turizmni rivojlantirishdagi umumiy rejalarga va siyosat
va qonunlarni ishlab chiqarishga ma‘suldir, shuningdek yangi turistik
attraksionlarni qay darajada foyda keltirishini hisobga olish ham bu
kommisiyaning vazifalariga kiradi.



356



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin