359
ko‗nikmalar hosil bo‗lishiga muvofiq ravishda o‗zgarib va oshib borishi lozim.
Ya‘ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin
oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o‗rganib
borishi kerak. Bu esa talabalar uchun quyidagi yo‗nalishlardagi
ishlarni bajarish
bilan belgilanadi:
-mavzuni mustaqil o‗zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim
darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‗quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular
talabalarga mustaqil ravishda o‗zlashtirish uchun topshiriladi.
Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat
qiladigan
tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan
savollarga e‘tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‗rsatish
lozim.
-ko‗rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va
yaxshiroq o‗zlashtirish uchun yordam beradigan ko‗rgazmali materiallar tayyorlash
vazifasi topshiriladi.
Mavzu o‗qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma‘lum ko‗rsatmalar, yo‗l-
yo‗riqlar beriladi. Ko‗rgazmali vositalarning miqdori,
shakli va mazmuni talaba
tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‗yicha bir necha
talabaga yoki talabalar guruhiga topshirish ham mumkin.
-mavzu bo‗yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo‗yicha testlar, qiyinchilik
darajasi har xil bo‗lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‗ladigan
savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
Bunda o‗qituvchi tomonidan talabaga testga qo‗yiladigan talablar va uni
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‗zda tutilayotganligi, muammoli savollar
tuzishda mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni
tuzish usullari bo‗yicha yo‗l-yo‗riq beriladi.
-ilmiy maqola, tezislar va ma‘ruzalar tayyorlash.
Talabaga biron-bir mavzu
bo‗yicha (mavzuni talabaning o‗zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki
ma‘ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‗quv adabiyotlari, ilmiy-
tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot
manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‗playdi.
-talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari ham talabalar mustaqil
ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor-o‗qituvchilari talabalar ilmiy-
nazariy konferensiyasini tashkil etish orqali o‗z ishini guruhning kasbiy
yo‗naltirilganligi, a‘zolarining yosh tarkibi,
qiziqishlarini hisobga olib,
tabaqalashgan holda tashkil qilishi kerak.
Faqat shu holda talabalarning konferensiyani o‗tkazishda faol ishtiroki va
manfaatdorligi ta‘minlanadi. Talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini
360
bosqichma-bosqich o‗tkazish maqsadga muvofiq.
“Turizm: nazariya va amaliyot” fani bo„yicha kurs ishi.
Kurs ishini tashkil etish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatmalar
Talabalarga ―Turizm: nazariya va amaliyot‖ fanidan kurs ishini yozishlarida
quyidagi ko‗rsatmalar beriladi. Ushbu fandan berilgan mavzuning mazmunidan
kelib chiqib talaba kurs ishida kirish, asosiy qismda mavjud bo‗lgan 4-5 ta savollar
ketma-ketligi, xulosa, foydalaniladigan adabiyotlar ro‗yhatini tayyorlashi kerak.
Kurs ishi mavzusi turizm sohasida hukumat qarorlari, sohasidagi islohatlar, sohani
rivojlantirish, turistik resurslarni o‗rganish masalalarini qamrab olgan.
Kurs ishini yozishi davomida talabalar berilgan mavzudan kelib chiqib
adabiyotlarni tahlil qiladi, turizm sohasi bo‗yicha statistik ma‘lumotlar to‗playdi
va qayta ishlaydi. Ishni yozish davomida jadvallar, rasmlardan foydalangan holda
tahlil qiladi. Kurs ishini himoya qilish Power Point talablarida bajarilishi
o‗rgatiladi. Ushbu fandan kurs ishi o‗quv rejada rejalashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: