O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


MUSTAQIL TA‟LIMNI AMALGA OSHIRISH YUZASIDAN



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə205/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

MUSTAQIL TA‟LIMNI AMALGA OSHIRISH YUZASIDAN 
KO„RSATMALAR 
Mazkur ko‗rsatmalar O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim
vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli ―Talabalar mustaqil ishlarini tashkil
etish to‗g‗risida‖gi buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―Talabalar mustaqil ishini tashkil
etish va nazorat qilish‖ bo‗yicha yo‗riqnoma,
O„zbekiston Respublikasi Oliy va 
o„rta maxsus ta‟lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug„i bilan 
amalga kiritilgan “Oliy ta‟lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va 
baholashning reyting tizimi to„g„risida Nizom” hisoblanadi
.
Shuning uchun ham, mazkur uslubiy ko‗rsatmada talabalar referat va mustaqil
ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda
talaba bajarishi lozim bo‗lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo‗yicha
maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan.
Bunda talabalar referat va mustaqil ishlarning mazmuni va asosiy shakllari fan
doirasida bajariladi.
Xususan, har bir fan bo‗yicha talabalar referat va mustaqil ishlarini tashkil
etish ularda iqtisodiy bilim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik va mustaqil fikrlashni
shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‗z ichiga oladi. U o‗quv rejasi va
fanlar dasturlarida ko‗zda tutilgan zarur bilimlar va ko‗nikmalarning talabalar
tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch sarflab o‗zlashtirilishini ta‘minlaydi.
Hamda fanni o‗qitish jarayonini takomillashtirish, talabaning qiziqishlarini,
anglash faolligini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo‗nalishida boradi, bunda
ijodiy fikrlash, mustaqil o‗qish, ko‗nikma va layoqatlari shakllanadi.
Fanlardagi mavzularni o‗zlashtirishda mustaqil ish uchun beriladigan
topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga



359


ko‗nikmalar hosil bo‗lishiga muvofiq ravishda o‗zgarib va oshib borishi lozim.
Ya‘ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin
oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o‗rganib
borishi kerak. Bu esa talabalar uchun quyidagi yo‗nalishlardagi ishlarni bajarish
bilan belgilanadi:
-mavzuni mustaqil o‗zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim
darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‗quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular
talabalarga mustaqil ravishda o‗zlashtirish uchun topshiriladi.
Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat
qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan
savollarga e‘tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‗rsatish
lozim.
-ko‗rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va
yaxshiroq o‗zlashtirish uchun yordam beradigan ko‗rgazmali materiallar tayyorlash
vazifasi topshiriladi.
Mavzu o‗qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma‘lum ko‗rsatmalar, yo‗l-
yo‗riqlar beriladi. Ko‗rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba
tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‗yicha bir necha
talabaga yoki talabalar guruhiga topshirish ham mumkin.
-mavzu bo‗yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo‗yicha testlar, qiyinchilik
darajasi har xil bo‗lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‗ladigan
savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
Bunda o‗qituvchi tomonidan talabaga testga qo‗yiladigan talablar va uni
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‗zda tutilayotganligi, muammoli savollar
tuzishda mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni
tuzish usullari bo‗yicha yo‗l-yo‗riq beriladi.
-ilmiy maqola, tezislar va ma‘ruzalar tayyorlash. Talabaga biron-bir mavzu
bo‗yicha (mavzuni talabaning o‗zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki
ma‘ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‗quv adabiyotlari, ilmiy-
tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot
manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‗playdi.
-talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari ham talabalar mustaqil
ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor-o‗qituvchilari talabalar ilmiy-
nazariy konferensiyasini tashkil etish orqali o‗z ishini guruhning kasbiy
yo‗naltirilganligi, a‘zolarining yosh tarkibi, qiziqishlarini hisobga olib,
tabaqalashgan holda tashkil qilishi kerak.
Faqat shu holda talabalarning konferensiyani o‗tkazishda faol ishtiroki va
manfaatdorligi ta‘minlanadi. Talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini



360


bosqichma-bosqich o‗tkazish maqsadga muvofiq.

Turizm: nazariya va amaliyot” fani bo„yicha kurs ishi. 

Kurs ishini tashkil etish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatmalar
Talabalarga ―Turizm: nazariya va amaliyot‖ fanidan kurs ishini yozishlarida
quyidagi ko‗rsatmalar beriladi. Ushbu fandan berilgan mavzuning mazmunidan
kelib chiqib talaba kurs ishida kirish, asosiy qismda mavjud bo‗lgan 4-5 ta savollar
ketma-ketligi, xulosa, foydalaniladigan adabiyotlar ro‗yhatini tayyorlashi kerak.
Kurs ishi mavzusi turizm sohasida hukumat qarorlari, sohasidagi islohatlar, sohani
rivojlantirish, turistik resurslarni o‗rganish masalalarini qamrab olgan.
Kurs ishini yozishi davomida talabalar berilgan mavzudan kelib chiqib
adabiyotlarni tahlil qiladi, turizm sohasi bo‗yicha statistik ma‘lumotlar to‗playdi
va qayta ishlaydi. Ishni yozish davomida jadvallar, rasmlardan foydalangan holda
tahlil qiladi. Kurs ishini himoya qilish Power Point talablarida bajarilishi
o‗rgatiladi. Ushbu fandan kurs ishi o‗quv rejada rejalashtirilgan.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin