O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


–moddasi: «Turistlarni sug‘urta qilish»



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə200/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

20–moddasi: «Turistlarni sug‘urta qilish».

Turistlarni sug‗urta qilish


majburiydir va u turistik faoliyat sub‘ektlari tomonidan sug‗urta faoliyati olib
borish huquqiga ega bo‗lgan tegishli sug‗urta tashkilotlari bilan tuziladigan
bitimlar asosida amalga oshiriladi.



343


O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turizm tashkilotlari
faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‗g‗risida»gi qaroriga
55
muvofiq
quyidagi moddalar turistlarning hayoti xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan:

xavf-xatar manbalari bo‗lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib


chiqishlaridan oldin, O‗zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki havf-xatarlar kelib
chiqishi mumkin bo‗lishi yoki bo‗lmasligi yuzasidan tegishli ma‘lumotlar olish;

ruxsat etilgan xavfsiz yo‗nalishlar bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi


Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan
holda belgilangan xavfsiz yo‗nalish bo‗yicha sayyohat qilishni ta‘minlash;

belgilangan yo‗nalishning xususiyati va sayyohlarning xatti-harakatiga


bog‗liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan havf-xatar manbalari haqida
ularning o‗zini xabardor qilish va xavfsizligini ta‘minlash;

qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el sayyohlari bilan xavfsizlik


choralariga rioya etishlari, O‗zbekiston Respublikasida bo‗lish tartibi, ekologik
xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga
amal qilishlari to‗g‗risida tegishli tushuntirish ishlarini o‗tkazadi.
Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish mavzusida – «Ekologik turizm
marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta‘minlash» yuzasidan marshrut
rahbari amalga oshiriladigan ishlar ro‗yxati keltiriladi. Turistik marshrutlarning
barchasida turistlarning hayoti xavfsizligini ta‘minlash chora tadbirlari ishlab
chiqilishi va marshrutni o‗tkazadigan turistik tashkilot rahbarining imzosi va
gerbli muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim.
«Forma» lotin tilidan tarjima qilinganda o‗rnatilgan tartib ma‘nosini beradi.
«Formalniy» o‗rnatilgan namuna bo‗yicha bajarilgan demakdir. «Formalnosti» -
«Rasmiyatchilik» - biror bir muhim va ma‘suliyatli ishni bajarishda talab
qilinadigan, qonunchilik tomonidan o‗rnatilgan shartlar yoki harakatlar majmuidir.
Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif buyurmoqchi bo‗lgan
shaxslar odatda faqat chegaraga oid va bojxona rasmiyatchiliklari mavjud deb

55
http//www.Lex.uz





344


o‗ylashadi. Biroq, turist o‗z davlatiga olib kirishi mumkin bo‗lgan bir talay hayot
uchun o‗ta xavfli kasalliklar mavjud, tropik mamlakatlarga kirishni tartibga solib
turadigan sanitar – epidemiologik qoidalar ham juda muhim ekanligiga e‘tirozlar
bo‗lmasa kerak. Tibbiy sanitar qoidalarini bilish va ularga qat‘iy amal qilish
turistni sayohat chog‗idagi ko‗plab ko‗ngilsizliklardan saqlaydi.
Chegaradan hayvonot va o‗simliklar namunalarini o‗tkazishning qat‘iy
belgilangan tartibi ham xorijga safar chog‗ida sug‗urta qilish masalasi ham turist
uchun muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, bir qator boshqa, qonunchilik
tomonidan davlat manfaatlari va jamoat xavfsizligi hamda sayohat qilayotgan
shaxslar va atrof-muhit muhofazasi nazarda tutilgan xalqaro turizmning keng
ommaga deyarli noma‘lum shartlari va qoidalari ham mavjud.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin