347
-
immigratsiya qoidalari;
-
ba‘zi boshqa tartiblar.
Xalqaro turizmda politsiya va sanitar rasmiyatchiliklarni farqlash mavjud. Bu
o‗rinda politsiya rasmiyatchiliklari deganda davlat chegarasidan o‗tayotgan
shaxslarning o‗rnatilgan pasport-viza tartibiga amal qilishi bilan bog‗liq tadbirlar
tushuniladi. Nazoratning bu turini
amalga oshirish aeroportlar, temir va shosse
yo‗llarida, dengiz va daryo bekatlaridagi maxsus xizmatlar zimmasiga yuklatilgan
(O‗zbekistonda O‗zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligiga).
Sanitar (tibbiy) rasmiyatchiliklar deb, davlat chegarasidan o‗tayotgan
shaxslar va ularning jonivorlari (agar bo‗lsa) o‗rnatilgan emlash talabiga rioya
qilishning nazoratiga aytiladi. Rasmiyatchiliklarga rioya qilishning nazorati
mamlakatga kirish va chiqish uchun foydalaniladigan chegaraviy punktlarda
maxsus sanitar xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi va
odatda turistlarda emlash
haqidagi xalqaro sertifikat mavjudligini tekshirishdan iborat bo‗ladi.
Zarur holatlarda sanitar rasmiyatchiliklar tomonidan turistlarni va
sayohatchilarni joyida emlash va xavf tug‗ilsa ularni vaqtincha izolyatsiya qilish
ham ko‗zda tutilgan. Turistlar va sayohatchilar olib o‗tadigan hayvonlar uchun
muvofiq veterinar sertifikatlar talab qilinadi.
Bojxona milliy qonunchilikka muvofiq holda davlat chegarasi orqali
o‗tayotgan yuk, yo‗lovchilar, pochta jo‗natmalari, pul va qimmatbaho buyumlarni
nazorat qiladigan, o‗rnatilgan bojxona bojlari va boshqa to‗lovlarni olish,
shuningdek, qonunchilik tomonidan belgilangan tartibga javob bermaydigan
yuklarni to‗xtatishni amalga oshiruvchi davlat organidir.
Bojxona rasmiyatchiliklari davlat chegarasidan o‗tayotgan
shaxslarning
buyumlar, tovar va valyutani olib kirish va olib chiqish qoidalariga rioya qilishni
tekshirish tadbirlaridan iborat bo‗ladi. Bojxona rasmiyatchiliklarining amaliyoti
mamlakatga kirish va chiqish uchun foydalaniladigan chegara punktlaridagi
bojxona xizmati zimmasiga yuklatilgan (Aeroportlar, temiryo‗l, dengiz va daryo
bekatlari, avtoyo‗llardagi chegaradan o‗tiladigan joylarda).
348
Turistlar va sayohatchilar uchun bojxona rasmiyatchiliklari odatda olib
o‗tishga ruxsat berilgan narsalar, tovarlar va pul (valyuta) ning ro‗yxati va
miqdorini yozma yoki og‗zaki deklaratsiya qilishdan iboratdir. Bunda T-6
shaklidagi bojxona deklaratsiyasi to‗ldiriladi.
Butunjahon turizm tashkilotining valyuta operatsiyalari xususidagi tavsiyalari
quyidagilardan iborat:
1)
Valyutaning miqdori bojxona deklaratsiyasiga kiritilgan taqdirda uni
olib kirishga ruxsat berish.
2)
Chegaradan o‗tishda molyaviy qiyinchiliklar va noqulayliklarga barham
berish uchun tashrifchilar va turistlarga to‗liq ma‘lumotni taqdim etish.
3)
Chiqishda turistlarga valyutani qayta almashtirish imkoniyatini yaratish.
4)
Olib kiriladigan valyutani milliy pulga almashtirish turist istagiga
binoan amalga oshiriladi.
5)
Nazorat punktida valyuta almashtirishni tartibga soluvchi qoidalar va
almashtirishning joriy kursi osib qo‗yilishi lozim.
6)
O‗z davlatidan chiqishda mamlakatdan qaytib ketishga yetadigan
miqdorda pulga ega bo‗lishga ruxsat berish.
Pasport va vizaga oid rasmiyatchiliklar quyidagilardan iborat:
Pasport fuqaro shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir. Unda jinsi,
yoshi, tug‗ilgan va yashaydigan joyi, fuqaroligi haqidagi ma‘lumotlar beriladi.
Xorijiy pasportdan tashqari alohida
vaziyatlarda diplomatik, xizmat, konsullik
pasportlaridan foydalanish mumkin;
Xorijlik pasporti (shaxsini tasdiqlash) yoki mamlakatda doimiy
istiqomat qilayotgan xorijiy fuqaroga beriladigan fuqaroligi yo‗q shaxslar hujjati;
Er va xotinga (farzandli yoki farzandsiz) beriladigan oilaviy pasportlar;
Bola pasporti, dengizchi pasporti va boshqalar;
1995-yil 26-martdan yettita Yevropa davlatida Shengen bitimi kuchga
kirdi
va unga muvofiq Belgiya, Niderland, Lyuksemburg, Germaniya, Fransiya,
Ispaniya va Portugaliya ichki chegaralarida chegara tekshiruvi osonlashdi.
349
Keyinchalik Shengen bitimiga Yunoniston ham qo‗shildi. Ikki xil vizalar joriy
etildi:
Yagona Shengen vizasi, uch oygacha muddatga beriladi va Shengen
bitimini tuzgan mamlakatlar hududida erkin harakatlanish huquqini beradi.
Uch oydan ortiq muddatda beriladigan milliy kirish vizasi, uni berish
Shengen bitimiga kirgan davlatning alohida huquqidir. Yevropa ittifoqiga
kirmagan davlatlar, jumladan Rossiyalik turistlar uchun
kirishning vizali tartibi
saqlangan. Kirishning imtiyozli tartibi Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya,
Latviya va Estoniya fuqaroligiga tegishli.
Dostları ilə paylaş: