O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Xalqaro turizm rasmiyatchiligiga oid hujjatlar



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə201/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

22.4.Xalqaro turizm rasmiyatchiligiga oid hujjatlar 
Shunday qilib, turizm rasmiyatchiliklari – bu turist, turistik firmasi
(keyinchalik turfirma) va boshqa davlatga tashkil qilinayotgan sayohatni
tayyorlash va o‗tkazishga aloqador boshqa barcha tashkilotlar amal qilishi lozim
bo‗lgan, u yoki bu davlat yoxud bir guruh davlatlar qonunchiligini bir vaqtning
o‗zida qabul qilgan qat‘iy shartlardan iborat.
Turizm rasmiyatchiligiga amal qilish, go‗yo bu ish ahamiyatli bo‗lmagan
yoki ma‘nosiz, qandaydir ortiqcha va kerakmas rasmiy qoloq marosimlarni
bajarish, deb o‗ylash haqida gap ham bo‗lishi mumkin emas. Shuningdek, bu
yerda o‗rnatilgan tartibga uning ichki mohiyati emas, faqat tashqi tomoniga e‘tibor
berib, ko‗r-ko‗rona amal qilishni anglatadigan «quruq rasmiyatchilik - formalizm»
atamasini eslash ham noo‗rin.
Ba‘zi turizm rasmiyatchiliklari bevosita turistga tegishlidir, masalan, xorijiy
pasport olish zarur, chegaradagi nazorat va bojxona tekshiruvidan o‗tish tartibiga
amal qilish, bir qator tropik mamlakatlarga safar qilishda «sariq bezgak»ga qarshi
emlash va hokazolar.
Turizmga 
oid 
rasmiyatchiliklar 

sayohatni 
tashkillashtirish, 
rasmiylashtirish va amalga oshirish jarayonida qonunchilik va mamlakatda 



345


o‘rnatilgan tartib bo‘yicha rioya qilish majburiy bo‘lgan qoidalar, shartlar va 
harakatlardan iborat bo‘ladi. 
Turizm rasmiyatchiliklarining muhimligini
tasdiqlash va ularni tartibga solish hamda osonlashtirish uchun bir qator eng
muhim xalqaro hujjatlardan ko‗chirmalar keltiramiz:

Yevropadagi hamkorlik va xavfsizlik bo‗yicha kengashning


Yakunlovchi dalolatnomasi (Xelsinki, 1975-y.): «Kengashning ishtirokchi
davlatlari xorijiy davlatlarga sayohat uchun talab etiladigan rasmiyatchiliklar bilan
bog‗liq masalalarni ijobiy ruhda qarab chiqish orqali turizm rivojini
rag‗batlantirish maqsadida ekanliklarini bildiradilar»;

Jahon turizmi bo‗yicha Manila deklaratsiyasi (Manila, 1980- y.): «Butun


jahon turistik tashkiloti o‗zining rivojlanish dasturiga jahonda turizm
rasmiyatchiliklari ahvolini o‗rganish, mazkur sohadagi joriy amaliyot va mavjud
me‘yorlarni tadqiq etish, sayohatlarni yo‗lga qo‗yish va osonlashtirish uchun
umumiy tavsiyanomalar ishlab chiqish masalalarini kiritgan»;

Turizm bo‗yicha Gaaga deklaratsiyasi (Niderlandiya. 1989-y.):


«Sayohatlar tez o‗sishi bilan bir vaqtda turizm rasmiyatchiliklarining tushunchasi
aniqlanmoqda va kengaymoqda. Ulardan biri bevosita turistlarga, boshqalari esa
turizm biznesiga oid. Turizm rasmiyatchiliklarining osonlashuvi o‗zining dastlabki
tor chegaraviy rasmiyatchilik va bojxona tekshiruvlari ramkasidan chetga chiqa
oldi.

Bugungi kunda gap turizmni rag‗batlantirish va ijobiy qo‗llab-


quvvatlash haqida borishi lozim, xususan har bir shaxsga ichki va xalqaro
turizmda ishtirok etishga sharoit yaratish, yoshlar, keksalar va nogironlar orasida
turizmga alohida e‘tibor ajratishga harakat qilish shart»;

Barqaror rivojlanish bo‗yicha BMT komissiyasi o‗zining 1999-yil


apreldagi N‘yu-York sessiyasida Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) tashabbusiga
ko‗ra, global turizm etik kodeksini ma‘qulladi va BTTga xususiy sektorlar,
nohukumat va mehnat tashkilotlaridan tushgan takliflar bilan to‗ldirishni taklif
etishdi. BTT mutaxassislarining xulosasiga ko‗ra, turizm Global etik kodeksi joriy



346


hujjat bo‗lib, jumladan, turizm rasmiyatchiliklarini tartibga solishda ham
dasturilamal bo‗lmog‗i lozim.
Xususan uning 8-moddasida «Turizm sayohatlari erkinligi»da davlatlar
tomonidan kiritilgan yoki xalqaro kelishuvlardan kelib chiqadigan, masalan
vizalar, sanitar va bojxona rasmiyatchiligini imkon qadar shunday moslashtirish
lozimki, erkin turizm va xalqaro turizmga yo‗l ochish zarur bo‗ladi. Ushbu
rasmiyatchiliklarni
osonlashtirishga
qaratilgan
mamlakatlararo
bitimlarni
rag‗batlantirish lozim; turizm sanoatiga og‗ir tushadigan va uning raqobat
bardoshligiga zarar yetkazadigan maxsus soliq va to‗lovlarni bekor qilish yoki
qayta ko‗rib chiqish kabi choralar ko‗rsatilgan.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin