100
haqida o‘zlarining hislariga asoslanib farqlashadi. Shuning uchun, turistik
ta‘minotchilari iste‘molchilarning fikrlariga e‘tibor qaratishlari va mijozlarning
qoniqish darajasini oshirishlari shart.
Individual tur. Guruhli tur
Xizmatlar paketi (to„plami)
Amaliyotda asosiy turistik mahsulot bu xizmat
ko‗rsatish majmuasidir, ya‘ni turistlarga yagona paketda sotiluvchi xizmatlarning
standart to‗plami. Xizmatlar paketi (to‗plami)-turoperator tomonidan yaratilgan
bo‗lib, ma‘lum xizmatlar to‗plamidan: tashish, joylashtirish, ovqatlanish,
ekskursiyalar va h.k.dan iborat turistik mahsulotdir. Turdagi xizmatlar paketi turist
tomonidan tanlangan turistik dam olish turi bo‗yicha ularning ehtiyojlari va
sayohat maqsadidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Tur va uning paketini
shakllantirishda turistlar bilan ishlashning ikki varianti mavjud:
a) buyurtmali turlar sotilishi;
b) inklyuziv turlar sotilishi.
Dostları ilə paylaş: