102
ovqatlanishsiz) shved stoli yoki «alya kard» va h.k.;
ekskursiyalar va ko‗ngilochar xizmatlar;
transport xizmatlari – aviauchish variantlari, temiryo‗l tashuvlari,
avtomobil ijarasi va h.k.;
sport va davolanish kurort xizmatlari;
viza xizmatlari, shuningdek, sug‗urta xizmatlari.
Yuqorida
aytilganidek, bunday turlarni tuzishda turistning o‗zi bevosita
ishtirok etishi ham mumkin.
Turist tomonidan tanlangan xizmatlar tur dasturda shakllantiriladi, narxi
hisoblanadi, uni turist turpaketga ega bo‗lgach to‗laydi. Odatda bunday
buyurtmalar agentliklarda shakllantiriladi va so‗ng
joriy qilish uchun
turoperatorga yo‗naltiriladi. Buyurtmalarni tez va sifatli ta‘minlash uchun bugungi
kunda xalqaro turizmda turagentliklar va operatorlik kompaniyalari tomonidan
zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanmoqda. Xalqaro turizmda
paketni Yaxlitlash muammolari, narxni hisoblash va turni sotishni operativ hal
qilish uchun kompyuter va telefaks aloqasidan keng foydalaniladi.
Inklyuziv tur
(IT) Bu oldindan rejalashtirilgan
va dam olishning yoki
turizmning ma‘lum turi, hamda turistlarning ma‘lum ijtimoiy guruhiga va uning
yoniga yo‗naltirilgan qat‘iy xizmatlar to‗plamidir. Eng ko‗p tarqalgan inklyuziv
turlar deb, marshrutli turlarni aytish mumkin. Ya‘ni bunda turistlar guruhi
avtobusda bir nechta shaharlar va mamlakatlar bo‗ylab sayohat qiladi. Ushbu
turning o‗ziga xos xususiyatlari (sayohat grafigi va muddatlari bilan qat‘iy
bog‗langan, barcha uchun yagona dastur) uning buyurtmali bo‗lishiga yo‗l
qo‗ymaydi.
Kruiz turlar, hobbi turlar ham inklyuziv turlardir. Inklyuziv turlarni
sotishda xizmatlar tarkibi o‗zgarmaydi.
Turist bunday turni to‗lig‗icha sotib olishi yoki undan butunlay voz kechishi
mumkin. Inklyuziv turlar barqaror talabga ega taniqli turizm va dam olish
maskanlaridagi marshrutlarda tashkillashtiriladi va taklif etiladi. Inklyuziv turlar
narxining katta qismini joylashtirish va ovqatlanish to‗lovlari tashkil etadi. Xalqaro
(avia) havo transportlari assotsiatsiyasi talabiga binoan, inklyuziv turlar o‗z ichiga
103
3 tadan kam bo‗lmagan xizmatlarni: aviauchish, joylashtirish
butun marshrut
bo‗ylab sayohat va yuqoridagi 2 tasi bilan bog‗liq bo‗lmagan biror xizmatni
(ekskursiya, avtomobil ijarasi va h.k.) oladi.
Bunday turlarga bo‗lgan talabning tebranishiga qaramasdan, ularni
rivojlantirishning ma‘lum afzalliklari mavjud:
umuman olganda, majmuali sayohat alohida sotib olinadigan xizmatlar
to‗plamidan arzondir;
narxlari oldindan ma‘lum bo‗lganligi uchun turagentlarning turistlarga
qanday marshrutni tanlash borasida maslahat berishlari oson kechadi. Bunda
dasturlar ham oldindan belgilangan bo‗ladi;
o‗z mahsulotining jozibadorligini ko‗rsatish uchun ko‗proq imkoniyat
bo‗ladi.
Inklyuziv turlarning kamchiliklari:
bunday turda mijozni qiziqtirmagan xizmatlarning mavjud bo‗lish
ehtimoli bor;
dasturning haddan tashqari to‗yinganligi;
bunday turning reklamasi iste‘molchilarning faqatgina bir qismini jalb
qilishi mumkin.
Buyurtmali turlarda turoperator doimiy ravishda mehmonxonalardagi
tasdiqlanmagan o‗rinlarga kvotalarni ushlab turish lozim.
Sotishda turli
talabnomalar bo‗lishi mumkin. Turoperator turli mehmonxonalarda joylashtirilgan
turistlar bilan ishlashiga to‗g‗ri keladi. Turistlarni bir mehmonxonada joylashtirib
xizmat ko‗rsatish ancha oson kechadi. Yuqorida aytib o‗tilganidek, turistning
shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, barcha turistik sayohatlar individual
yoki guruhli tarzda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: