104
sohasi ekanligini belgilaydi. Boshqa xizmat turlari kabi turistik xizmatlar o‗ziga
xos xususiyatlarini shartli ravishda «To‗rtta S» bilan belgilasak, quyidagi holatda
bo‗ladi:
1.
Sezilmaslik.
Turistik xizmatlar moddiy mahsulot bo‗lib hisoblanmaydi.
Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‗ladi,
chunki
iste‘molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojini jismoniy,
etnik-
intellektual, ma‘naviy va h.k. ehtiyojini qondirish bo‗yicha xizmatlarni ijro
etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid vaqtida ko‗z bilan ko‗rish yoki ushlab
ko‗rish mumkin emas. Bunday xizmatlar ob‘ekti bo‗lib, shaxsan iste‘molchi
(turist) hisoblanadi.
2. Servisni va iste‟molchini o„zaro bog„liqligi.
Xizmatlar
jarayoni
iste‘molchi va uni hosil etuvchilarning o‗zaro ta‘siri natijasidan tashkil topganligi
sababli, turistik xizmatlarni ko‗rsatish jarayoni (ishlab chiqarish) iste‘mol bilan
birga parallel ravishda yuz beradi. Ma‘lumki, moddiy
shaklda tovarlarni ishlab
chiqarish, uni sotuvidan oldin amalga oshiriladi, faqat undan keyingina iste‘mol
jarayoni boshlanadi. Muhim xususiyatlaridan yana biri
bu turistik tovarlar va
xizmatlar iste‘moli faqatgina iste‘molchini, ya‘ni turistni uning ishlab chiqilgan
joyiga olib borilgan holdagina amalga oshiriladi.
Oddiy tovarlar va xizmatlar
iste‘moli esa teskarisi, ya‘ni ishlab chiqilgan mahsulot joyidan qat‘iy nazar tayyor
bo‗lgach, iste‘molchi uni shu yerning o‗zida iste‘mol qilishi mumkin.
3. Saqlanmaslik.
Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash
mumkin
emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi,
xususan saqlash bosqichining mavjud bo‗lmaganligi bilan turistik xizmatlarni
saqlanmasligi bozor kon‘yukturasini Yaxshilab o‗rganishni,
talab va taklifni
mutanosibligini talab etadi, chunki xizmatlar talab bo‗lmagunga
qadar
«omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas.
Dostları ilə paylaş: