Mikroiqtisodiyot



Yüklə 310,21 Kb.
səhifə1/4
tarix31.03.2023
ölçüsü310,21 Kb.
#91793
  1   2   3   4
SHAVKATBEK



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar”kafedrasi
Iqtisodiyot va Qurilish”fakulteti
Iqtisodiyot”yo’nalishi
2-kurs 202-guruh talabasi
Ja’farov Shavkatbekning
MIKROIQTISODIYOT” fanidan
TAYYORLAGAN
KURS ISHI

Mavzu:Talab va taklif elastikligi
Tekshirdi:_____________

Andijon-2022-yil


Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1 Talab va taklif tushunchasi va qonuni
2.2 Talab va taklif elastikligi va uni hisoblash
2.3 Elastiklik turlari hamda foydalanish holatlari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

KIRISH


“Talab va taklif degan so’zni to’tiqushga o’rgatsangiz bo’ldi, qarabsizki oldingizda iqtisodchi turibdi. Bu zaxarxanda hazilda jon bor” deya Makkonnell K.R. va Bryu S.L talab va taklifni tadqiq etishni boshlashadi.
Haqiqatdan ham iqtisodiyotda eng ko’p takrorlanadigan, diqqat qaratiladigan tushuncha - bu talab va taklif. Aynan talab va taklif ayrim iqtisodiy muammolarnigina emas, balki butun iqtisodiy muammoni qamrab oladi. Talab va taklif, ularning nisbatiga ko’ra soha, tarmoqlar qolaversa butun mamlakat miqyosida resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi. Shuning uchun ham talab va taklifga alohida diqqat qaratish zarur.
Bozor mexanizmining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Talab va taklifga narxning ta’siri, talab va taklif ta’sirida muvozanatlashgan narxning o‘rnatilishi tushunchalari iqtisodiyotda katta ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o‘rtasidagi mutanosiblik bu borada asosiy rol o`ynaydi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotni bozorsiz, hech bir davlatni bozor iqtisodiyotisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Aynan bozor iqtisodiyotning asosiy jang maydoni hisoblanadi deyish mumkin. O`z navbatida talab va taklifni bu jangdagi qurol-yaroqlarga taqqoslash mumkin. Ya`ni, bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi harakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir.


Yüklə 310,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin