119
yulduz» toifasini olish uchun 150 ball, «3 yulduz» uchun – 210 ball, «4 yulduz»
uchun – 250 ball, «5 yulduz» uchun – 290 ball to‗plash kerak.
Germaniya tasniflash tizimlari
Germaniya tasniflash tizimiga ko‗ra, mehmonxona korxonalari besh toifaga
ajratiladi. Bu tizimni Yevropa tizimi bilan uyg‗unlashtirish maqsadida bu yerda
har bir toifa ma‘lum yulduzlar miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi:
turistik toifa – 1 yulduz;
standart toifa – 2 yulduz;
komfortli toifa – 3 yulduz;
birinchi toifa – 4 yulduz;
lyuks – 5 yulduz.
Boshqa tasniflash tizimlari ham o‗zining «yulduzlar» tizimiga muvofiqligini
belgilashga harakat qiladi. Masalan, Gresiyada A toifa mehmonxonalari to‗rt
yulduzli darajaga, V toifa mehmonxonalari uch yulduzli darajaga, S toifa
mehmonxonalari ikki yulduzli darajaga, D toifa mehmonxonalari bir yulduzli
darajaga mos keladi. Italiyada birinchi toifa mehmonxonalar shartli ravishda to‗rt
yulduzli darajaga, ikkinchi toifa mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, uchinchi
toifa mehmonxonalar ikki yulduzli darajaga mos keladi.
Germaniya tasniflash tizimining o‗ziga xos jihati shundan iboratki, unda
pansionlar, karvonsaroylar, «garni» otellar singari mehmonxona korxonalari uchun
ham toifalar nazarda tutilgan. Bunday turdagi mehmonxona korxonalariga tegishli
toifalarni belgilashda «restoran», «ovqatlanish servisi» kabi majburiy talablar
nazarda tutilmaydi, qo‗shimcha talablarning zarur miqdori esa ancha kam:
-
birinchi toifa uchun – 90;
-
komfortli toifa uchun – 50;
-
standart toifa uchun – 15.
Bundan tashqari, mazkur korxonalarga ko‗pi bilan birinchi toifa (4 yulduz)
berilishi mumkin.