O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


-MAVZU Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə71/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

9-MAVZU Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlari. 
Reja: 
1.

Ovqatlantirish xizmati sanoati. Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlari.


2.

Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlarining usullari.


3.

Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlarining turlari va tasnifi.


4.

Umumiy ovqatlanish korxonalari tasnifi va turlari. Xizmat ko‗rsatish.turlari.


Stol servirovkasi.
1.Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlari 
O‗zbekistonda turizmni rivojlantirish, turistlarga xizmat ko‗rsatish tizimini
kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida yangi turistik
majmualar, mehmonxonalar, kempinglar, restoranlar, barlar, transport sohalari,
qurilish uchun katta mablag‗lar ajratilmoqda. Bunday sur‘atda turizmni
rivojlantirish albatta umumiy ovqatlanishni ham rivojlantirishini taqoza etadi,
chunki barcha turistlar goh ichki turist bo‗lsin, goh tashqaridan kelsin, ulardan
qat‘iy nazar restoran xo‗jaligiga yoki ovqatlanish tarmog‗idan foydalanishga
majbur.
Aks holda insonlar ovqatlanish uchun barcha mahsulotlarni o‗zlari bilan olib
yurishi kerak yoki uy sharoitlarida tayyorlab, iste‘mol qilishi kerak bo‗ladi. Ammo
turistlarda bunday imkoniyatlar yo‗q, shuning uchun ham ular ovqatlanish
xizmatidan foydalanishga majburdir va mana shu holatlarning mavjud bo‗lishi
turizm umumiy ovqatlanishni uyg‗un holda rivojlantirishi uchun imkon beradi.
Shuning uchun ham turizmda asosiy xizmat turlaridan birini ovqatlantirish xizmati
tashkil etadi.
Dunyo bo‗yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas.
Lekin, shunga qaramasdan ko‗p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma‘lum bir
ko‗rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko‗rsatiladi. Milliy
oshxonaga ega bo‗lgan restoranlar ham mavjud bo‗lib, ular italyancha, xitoycha,
grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi
restoranlar bilan mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan
ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi.



121


Odatda turistlar, qaysi mamlakatda bo‗lsalar, o‗sha mamlakatning oshxonasi
bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‗p hollarda mezbon shaharning qiziqarli milliy
hamda arzon restoranlari haqida ma‘lumot berib o‗tadi, milliy restoranlar bilan
tanishtirish nuqtai nazarda ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada
turistlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya‘ni mashhur oq sosiskalar
hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa turistni albatta
«Xofbrayxaus»ga, ya‘ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda
eng mashhur bo‗lgan vencha shnitsellarni (katlet turi) tamaddi qilishga olib
borishadi va albatta Italiyada esa tushlik ovqatlanish pastasiz (makaronli taom)
o‗tmaydi. AQSH da va barcha ko‗pgina mamlakatlarda afg‗oncha, kolumbcha,
hindcha, chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda. So‗nggi paytlarda
vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bo‗la boshladi, yoki yahudiylar uchun
maxsus tayyorlanadigan taomlar restoranlari ham faoliyat ko‗rsatib kelmoqda.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin