O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Turizm sohasida ovqatlanish xizmatlarining turlari va tasnifi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə74/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

9.3.Turizm sohasida ovqatlanish xizmatlarining turlari va tasnifi 
Ovqatlanish har qanday insonning tabiiy ehtiyojidir. Ovqatlanish, turizmda
odatdagi oddiy va zaruriy ehtiyojdan tashqari yana ko‗ngil ochish va mahalliy
madaniyatning, xususan, gastronomiyaning muhim tarkibiy qismini anglash
sifatida ham karaladi. Milliy taom xalq madaniyatining muhim qismi bo‗lib, o‗zida
aniq ajralib turuvchi xususiyatlarni mujassamlantiradi, bilish jarayonining elementi
va xuzur-halovat olishning vositasi hisoblanadi.
Umumiy ovqatlanish tizimi turistlik markaz yoki mintaqaga tashrif
buyuruvchilarning ehtiyojlarini qondiruvchi turli toifadagi restoranlar, barlar, kafe
hamda oshxonalar, tez ovqatlanish va o‗ziga-o‗zi xizmat qilish punktlaridan
tashkil topadi. Ovqatlanishning turi - ertalabki nonushta, yarim pansion, to‗liq
pansion doimo turistlik xizmatlari ko‗rsatish tarkibida belgilangan bo‗ladi.
Yarim pansionda
(ikki marta ovqatlanish) ertalabki nonushta va tushlik yoki
kechki ovqat nazarda tutilgan bo‗ladi.
Pansion 
- bu uch martalik ovqatlanishdir.
Qimmatbaho xizmat ko‗rsatish variantlarida butun kun davomida va xattoki tunda
istalgan vaqtda va istalgan miqdorda ovqatlanish hamda ichimliklar (spirtli
ichimliklarni ham qo‗shib hisoblaganda) ichish imkoniyati nazarda tutilishi
mumkin.
Shuningdek, taklif etilayotgan ovqatning zichlik gradatsiyasi (miqdori
bo‗yicha) va ko‗pincha kaloriyaliligi hamda xizmat ko‗rsatishning turlari
belgilangan bo‗ladi. Masalan, nonushta xillarining miqdori tashrif buyurilayotgan
mamlakat yoki mintaqaning an‘analariga bog‗liq bo‗ladi (yevropacha, kontinental,
inglizcha, amerikacha,

va x.k.). Mexmonlarga xizmat ko‗rsatishning turi ham


muhimdir (shvedcha dasturxon).




128


9.4.Umumiy ovqatlanish korxonalari tasnifi 
Umumiy ovqatlanish sohasi sub‘ektlarini tasnifiy belgilari va turlari bo‗yicha
bir-biriga to‗g‗ri keladigan jihatlari jadvalda ko‗rinib turibdi. Ushbu jadvalni tahlil
qilganimizda unda ko‗rsatilgan ayrim belgilarni biz yuqorida ko‗rib o‗tdik.
Faoliyat muddatiga ko‗ra esa – doimiy va mavsumiy turlarga bo‗linadi.
Mamlakatimizga tashrif buyuruvchi turistlar mavsumiy davrda kelganliklari uchun
biz ularga doimiy shaklda xizmat ko‗rsata olmaymiz. Shuning uchun biz faoliyat
muddatiga ko‗ra yilning ma‘lum mavsumlarida, kunning aniq bir ovqatlanish
davrida turistlarga xizmat ko‗rsatamiz. Bundan ko‗rinib turibdiki, turizm
faoliyatida ovqatlantirish xizmati aniq bir vaqtni belgilashni talab qiladi.
8.1-jadval 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin