147
Respublikasi Milliy aviakompaniyasidir. Aviakompaniya 1992-yil 28-yanvarda
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan tashkil etilgan.
Ana shu
vaqtdan boshlab samolyot parkini zamonaviylashtirish, yangi aeroportlar qurish,
havodagi harakatni boshqarish tizimini tubdan o‗zgartirish,
aerodromlarni yangi
zamonaviy texnika bilan ta‘minlash, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi
baza hamda boshqaruv tizimini takomillashtirishga yo‗naltirilgan respublika
Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish davlat dasturi amalga kirdi.
O‗tkazilgan islohotlar O‗zbekiston aviatsiya transportining xalqaro, iqtisodiy,
diplomatik va madaniy aloqalarini rivojlantirishda yetakchi sohalardan biriga
aylanishiga omil yaratdi. Shuningdek, Respublika aeroportlarida
sifat menejmenti
tizimi joriy etilib, sertifikatlar bilan tasdiqlangan.
«O‗zbekiston havo yo‗llari» Milliy aviakomapniyasi xalqaro aviatashuvlar
bozorida o‗zining munosib o‗rniga ega. U o‗z faoliyati davomida bir necha
marotaba nufuzli mukofotlar : faol ishlari uchun «Yevromarket – 2000» sovrini,
Xalqaro aviatsiya xavfsizligi jamg‗armasi diplomi, Xalqaro aeroportlar birlashmasi
mukofotlariga sazovar bo‗ldi. Aviakompaniya Amerika, Yevropa, Yaqin va O‗rta
Sharq
davlatlari, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda MDHning 40 ortiq
shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Hozirgi kunda O‗zbekistonda
11 ta xalqaro aeroport faoliyat yuritmoqda,
jumladan, Toshkent, Samarqand,
Buxoro, Urgan aeroportlari va boshqalar.
«TOSHKENT» xalqaro aeroporti.
Poytaxtning «Toshkent»
27
aeroporti
so‗zsiz yetakchi aeroportdir. Yaqin chet el mamlakatlari aeroportlariga qaraganda,
geografik
jihatdan juda qulay, yani MDH davlatlaridan Janubi-Sharqiy Osiyo,
Yevropa va Amerikaga havo trassalarining kesishgan nuqtasida joylashgan.
«Toshkent» xalqaro aeroporti dunyoning barcha katta shaharlari bilan havo yo‗llari
orqali bog‗langan. U IKAOning ikkinchi kategoryasiga ega bo‗lib, turli rusumdagi
samolyotlarni qabul qiladi. Aeroport soatiga 1000 nafar yo‗lovchini qabul qilish
27
Mamatqulov X.M. «Turizm infratuzilmasi» O‘quv qo‘llanma. –T.: «O‘zbеkiston faylafuslar jamiyati» nashriyoti.
2011.
148
va xizmat ko‗rsatish imkoniyatiga ega. Har yil uning xizmatidan 2 milliondan
ortiq yo‗lovchi foydalanadi.
Bundan tashqari, aerovokzalda tranzit yo‗lovchilar uchun alohida terminal va
xizmat ko‗rsatish shahobchalari ham mavjud.
Shahar transportining qulay
yo‗nalishlari ham
yo‗lovchilarni
poytaxtning
istalgan
joyiga
olib
boradi. Aerovokzal binosida O‗zbekiston aholisi va mehmonlari uchun:
barcha qulayliklarga ega keng va yorug‗ kutish zallari;
tunu-kun ishlaydigan pasport, bojxona, chegara xizmatlari;
ma‘lumotlar xizmati;
bagaj jo‗natishning yangi konveyr tizimi;
xalqaro telefon aloqasi;
bilet sotish va bronlashtirish kassalari;
Duty-Free savdo shahobchasi;
restoran, bar, «bir zumda» ovqatlanish punktlari;
valyuta almashtirish shahobchalari;
VIP zali (yuqori martabali kishilarga xizmat ko‗rsatish);
CIP zali (yuqori qulayliklarga ega) joylashgan.
Mahalliy yo‗nalishlar terminali binosi ham barcha qulayliklarga ega. Bu
yerdan siz respublikamiz shaharlari bo‗lmish Samarqand, Buxoro, Xiva hamda
boshqa viloyat markazlariga borishingiz mumkin.
Mamlakatimizning bosh
aeroporti dunyoning 30dan ortiq aviakompaniyalariga xizmat ko‗rsatayapti. Bu
yerda har kuni o‗nlab bortlar yonilg‗i bilan ta‘minlanadi. «Toshkent aeroportini
rivojlantirish istiqbolli rejasi»da uni mintaqalararo yo‗lovchi, yuk tashuvlari
amalga oshiruvchi xalqaro markazga aylantirish mo‗ljallangan.
Dostları ilə paylaş: