O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə90/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

«NAVOIY» xalqaro aeroporti.
«Navoiy» xalqaro aeroporti 1962-yilda
barpo etilib, 2007-yilda qayta modernizatsiya qilinib ta‘mirlandi. O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabr kunidagi PF-4059-sonli «Navoiy»
erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari



150


to‗g‗risida»gi Farmoniga asosan hududda sanoat sohasini rivojlantirish, zamonaviy
va yuksak texnologiyali ishlab chiqarishni ishga tushirish maqsadida «Navoiy»
erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etilgan. Navoiy viloyati, xususan, Navoiy
shahrining ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish, transport-tranzit va
ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, yuqori texnologiyalarni o‗zlashtirish, xorij
sarmoyasini jalb qilishda muhim omil bo‗layotir. Navoiy shahri xalqaro ayeroporti
hududida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilishi jahon bozorida
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‗paytirish, qo‗shimcha ish
o‗rinlari yaratish, aholi farovonligini yanada yuksaltirish borasida muhim ahamiyat
kasb etadi.
2008-yil
«O‗zbekiston havo yo‗llari» MAK va «Korean Air»

aviakompaniyalari bilan hamkorlikda Navoiy aeroporti konsalting xizmatini


taqdim etish bo‗yicha kelishuv imzolandi. Hozirgi kunda aeroport yuk tashishlar
bilan birgalikda yo‗lovchilarni ham tashish imkoniyatiga ega bo‗ldi.
Yo‗lovchilarga xizmat ko‗rsatish uchun zamonaviy aerovokzal,VIP–yo‗lovchilarga
xizmat ko‗rsatish zali, ona va bola xonasi, bufet, tibbiyot punkti, aloqa va
transport xizmatlari mavjud.
O„zbekiston temir yo„llari 
Temiryo‗l transporti o‗rta masofalarga turistlarni maqbul narxlarda tez va
qulay sharoitda yetib borishlarini ta‘minlaydi. Alohida xollarda temiryo‗l
transportidan turistik sayohat maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Turistlarni
temiryo‗lda tashish turizm transport ta‘minotining samarali vositasi hisoblanadi.
Sayohatning yuqori shinamligi, yuqori tezlik va maqbul narxlarda turistlar guruhini
ixcham joylashtirish bu transport turini kichik va o‗rta masofalarga harakatlanishda
raqobatbardoshligini oshiradi. Temiryo‗l transportidan ichki va chegara yaqinida
sayru tomosha, ekskursion safarlar va dam olish kunlarini tashkil etishda ko‗proq
foydalaniladi.
O‗tgan davr mobaynida minglab kilometr yangi temir yo‗l liniyalari
barpo etildi. Toshkent – Samarqand, Toshkent – Buxoro, Toshkent –
Qarshi yo‗nalishlarida
«Registon»,
«Sharq»
va
«Nasaf»
tezyurar



151


poyezdlarining qatnovi yo‗lga qo‗yildi. Toshkent markaziy temir yo‗l vokzali va
boshqa shaharlarimizdagi vokzallar qayta rekonstruksiya qilindi, ta‘mirlandi,
yangilari barpo yetildi. Xalqaro va mahalliy yo‗nalishlarda qatnovchi poyezdlarda
ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifati zamon talablari darajasiga ko‗tarildi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‗lovchi elektropoyezdlari qatnovini tashkil
etish borasidagi sa‘y-harakatlar Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil
Ispaniya Qirolligiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuv asosida boshlab
yuborildi. «O‗zbekiston temir yo‗llari» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda
Ispaniyaning «Patentes Talgo S.L.» kompaniyasi o‗rtasida o‗zaro hamkorlik
bo‗yicha memorandum imzolanib, Ispaniyadan yuqori tezlikda harakatlanuvchi
yo‗lovchi elektropoyezdlarini sotib olishga kelishib olindi.
Bundan tashqari yaqinda esa yurtimizdagi xorijiy hamda mahalliy sayyohlar
uchun mo‗ljallangan «Afsona» poyezdi «Toshkent-Markaziy» vokzalidan
«Toshkent – Samarqand», «Qarshi – Buxoro – Urganch» yo‗nalishlari bo‗ylab
yo‗lga chiqdi. U yuqorida qayd etilganidek, aynan o‗zimizda ishlab chiqarilgan va
modernizatsiya qilingan yangi vagonlardan tashkil topgan edi. Aytish kerakki,
«Afsona» poyezdi ilk bor 2013-yilning 11-aprelidan Toshkent – Samarqand –
Qarshi – Buxoro – Urganch yo‗nalishida ishga tushirildi.
Ayni paytda zamonaviy qulayliklarga ega 8 vagon, qolaversa, lyuks, kupe va
vagon-restorandan tarkib topgan po]ezd mijozlar xizmatida. Yangi po]ezd
sayyohlar va yo‗lovchilarni O‗zbekistonning boshqa joylaridan, jumladan,
Toshkent, Samarqand, Buxoro va Qarshidan Xorazm viloyatiga yetkazish uchun
yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, u O‗zbekistonda ichki turizmning rivojlanishiga yordam
beradi
28
.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin