126
Investitsiyalarning
ichki manabalari kuyidagilar:
ishlab turgan asosiy kapitalga xisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari
natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari;
foydaning investitsiya extiyojlariga ajratiluvchi qismi;
sug‘urta Korxonalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa
xodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;
korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar;
yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida
ajratiluvchi mablag‘lar;
xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar.
Investitsiyalarning
tashki manbalari kuyidagilar:
markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni ko‘llab-quvvatlovchi turli xil
fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;
korxonalar Nizom jamgarmasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va
nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida
shaxslarning to‘gridan-to‘gri ko‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy
investitsiyalar;
davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi
kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.
Dostları ilə paylaş: