213
Yangi qurilish - yangi maydonlarda mahsus ishlab chiqilgan loyixalar asosida
quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
Yarim tayyor mahsulotlar - texnologiya jarayonlarining
ayrim bosqichlarini
o’tgan, lekin tayyor mahsulotga aylanishi uchun keyingi bitta yoki bir nechta ishlov
berish va yig’ish bosqichlarini talab qiluvchi mehnat bo’yumlari.
Yordamchi jarayonlar- ishlab chiqarish uchun
xizmat qiladi va mahsulot
ishlab chiqarishning asosiy jarayonini uzluksiz ta’minlaydi.
O’zgаruvchаn xаrаjаtlаr- ishlаb chiqаrish hаjmigа nisbаtаn to’g’ri
prоpоrsiоnаl bo’lgаn xаrаjаtlаrgа аytilаdi. Ishlаb chiqаrish hаjmi оshsа, bu xаrаjаtlаr
оrtаdi, ishlаb chiqаrish hаjmi kаmаysа, xаrаjаtlаr kаmаyadi.
Qayta tiklash- bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma'naviy
va jismoniy
eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va
avtomatlashtirish,
texnologik
bo’ginlar
va
yordamchi
xizmatdagi
nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman
o’zgartirishni anglatadi.qayta tiklashda eski sexlar o’rniga yangi sexlarni qurishga
ruxsat beriladi.
Dostları ilə paylaş: