96
10. Elektr energetikasida axborot tizimlari.
11. Elektr energetikasi sohasidagi malumotlarga bo’lgan mahsus talablar
8-Bob. ISHLАB CHIQАRISH XАRАJАTLАRI
8.1.Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash
Har bir kоrxоna mahsulоt ishlab chiqarish jarayoni bilan bоg`liq xarajatlarni
amalga оshiradi. Mahsulоt ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan mоddiy rеsurslar
(asоsiy vоsitalar eskirishi, xоmashyo va matеriallar, yonilg`i-mоylash matеriallari,
ehtiyot qismlar va bоshqalar) va jоnli mеhnat sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini
tashkil etadi.
Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarga sarflar ishlab
chiqarish xarajatlari deyiladi.
Ishlab chiqarish harajatlari bilan ishlab chiqarish natijasi o‘rtasida bog‘liqlik
bor. Ishlab chiqarish harajatlarini asosiy sababi faqat ma'lum hajmda mahsulot
ishlab chiqarishdan iborat bo‘lmay, balki har bir ishlab chiqarilayotgan mahsulot
birligiga harajatlarni kamaytirish va foyda olishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: