153
kadrlarni to‘g‘ri tanlash;
bo’yruqlar, farmoyishlar va qo‘llanmalar
chiqarish,
ularning bajarilishini
nazorat qilish;
topshiriqlar va deriktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va
shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi.
Tashkiliy-ma`muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning
bo‘ysunishiga asoslanadi. Tashkiliy usullar boshqarish
tizimida ichki ongli
aloqalarning
tarkib
topishiga
yordam
beradi.
Boshqarish
funksiyalari
bajarilishining:
tashkiliy barqarorligini;
intizomliligini;
muvofiqliligini;
uzluksizligini ta`minlaydi.
Ma`muriy usullardan:
iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
xavfli
texnologiyalardan foydalanish,zararli ishlab
chiqarish chiqitlarini
chiqarib tashlashni taqiqlash;
odamlar sog‘lig‘iga zararli mahsulotlarni reklama
qilishni taqiqlash kabi
sohalarda faol foydalaniladi.
Boshqarishning tashkiliy-ma`muriy usullari ikki shaklda:
tashkiliy ta`sir ko‘rsatish usullari;
farmoyish berish usullari shaklida namoyon bo‘ladi.
Tashkiliy ta`sir ko‘rsatish turli tashkiliy choralarni, ya`ni:
ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash;
ichki tartib-qoidalarni o‘rnatish;
boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o‘rtasida
optimallik va oqilona
nisbatni o‘rnatish kabilarni o‘z ichiga oladi.
154
Farmoyish berish yo‘li bilan ta`sir ko‘rsatish barcha boshqarish bo‘limlari va
organlarining ishlashini joriy ta`minlab turishdan iborat bo‘lib, bunga e`lon
qilinadigan yozma yoki og‘zaki ko‘rsatmalar berish, yozma shakilda nashr etilgan
yoki og‘zaki bo’yruqlar vositasi bilan erishiladi.
Dostları ilə paylaş: