O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

Boshqaruv usullari: 

tashkiliy-ma`muriy; 

iqtisodiy; 

Sotsial-ruhiy. 
Tashkiliy-ma`muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi. 
Bu usullarga: 

boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish; 

har bir boshqaruv bo‘g‘inining funksiyalarini belgilash; 


153 

kadrlarni to‘g‘ri tanlash; 

bo’yruqlar, farmoyishlar va qo‘llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini 
nazorat qilish; 

topshiriqlar va deriktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va 
shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi. 
Tashkiliy-ma`muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning 
bo‘ysunishiga asoslanadi. Tashkiliy usullar boshqarish tizimida ichki ongli 
aloqalarning 
tarkib 
topishiga 
yordam 
beradi. 
Boshqarish 
funksiyalari 
bajarilishining:

tashkiliy barqarorligini; 

intizomliligini; 

muvofiqliligini; 

uzluksizligini ta`minlaydi. 
Ma`muriy usullardan: 

iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish; 

atrof-muhitni muhofaza qilish; 

xavfli texnologiyalardan foydalanish,zararli ishlab chiqarish chiqitlarini 
chiqarib tashlashni taqiqlash; 

odamlar sog‘lig‘iga zararli mahsulotlarni reklama qilishni taqiqlash kabi 
sohalarda faol foydalaniladi. 
Boshqarishning tashkiliy-ma`muriy usullari ikki shaklda: 

tashkiliy ta`sir ko‘rsatish usullari; 

farmoyish berish usullari shaklida namoyon bo‘ladi. 
Tashkiliy ta`sir ko‘rsatish turli tashkiliy choralarni, ya`ni: 

ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash; 

ichki tartib-qoidalarni o‘rnatish; 

boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o‘rtasida optimallik va oqilona 
nisbatni o‘rnatish kabilarni o‘z ichiga oladi. 


154 
Farmoyish berish yo‘li bilan ta`sir ko‘rsatish barcha boshqarish bo‘limlari va 
organlarining ishlashini joriy ta`minlab turishdan iborat bo‘lib, bunga e`lon 
qilinadigan yozma yoki og‘zaki ko‘rsatmalar berish, yozma shakilda nashr etilgan 
yoki og‘zaki bo’yruqlar vositasi bilan erishiladi. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin