O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

Boshqarish prinsiplari..
Qonun – bu davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun 
majburiy bo‘lgan, ijtimoiy huquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy 
qoida. Masalan, Konstitutsiya O‘zbekistonning asosiy qonunidir. To‘qqiz yillik 
majburiy ta’lim haqida qonun va h.k. 
Qonun – bu bajarilishi shart majburiy bo‘lgan norma, qoida tusiga kirgan talab, 
topshiriq va shu kabilar, ya’ni jamiyatda ijtimoiy guruh va shu kabilarda qabul 
qilingan odat tusiga kirgan qoida, rasm, odat. 
Tamoyil - mayl, moyillik, tendensiya. 
Maqsad – bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda 
tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini 
ushalishiga yo‘naltiradi. Oldimizda turgan maqsadimiz: 

bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi; 

faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi; 

faoliyatimizni aniq sohaga ishga yo‘naltiradi ; 

u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi; 

pirovard natijamizning baholash me'yorini belgilaydi va h.k. 
Funktsiya – bu lotincha so‘z bo‘lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat 
doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. 
Vazifa – bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo‘lgan masala, erishilishi 
lozim bo‘lgan, ko‘zda tutilgan maqsad.
Prinsip – so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, asos, dastlabki, ya’ni xatti - harakat 
yoki faoliyatning asosiy qoidasi rahbar g‘oya ma’nolarini bildiradi. Prinsiplarni 
menejment fani va amaliyotining poydevori deyish mumkin. 


151 
Hozirgi zamon menejmentining prinsiplari haqida so’z borganda A.Fayolning 
“Obshee i promishlennoe upravlenie”(5) kitobida eritilgan boshqarish prinsiplari 
tushuniladi. Ularga quyidagilar kiradi: 

mehnat taqsimoti(razdelenie truda); 

xokimiyat (vlast); 

intizom(dissiplina); 

farmoyish berishning birligi (edinstvo rasporyaditelstva); 

rahbarlikning birligi (edinstvo rukovodstvo); 

xususiy intilishlarning umumiy intilishlarga bo’ysundirish (podchinenie 
chastno‘x interesov obщemu); 

ragbatlantirish (voznagrajdenie); 

markazlashtirish(sentralizatsiya); 

boshqarish pogonalari(ierarxiya); 

tartib(poryadok); 

xaqqoniylik (spravedlivost);

xodimlarning turg’unligi (postoyanstvo sostava personala); 

initsiativa; 

xodimlarning birligi (edinenie personala). 
Menejmentning asosiy prinsiplari sifatida asosan quyidagilar takidlanadi: 

boshqarishda markazlashtirish va nomarkazlashtirishning optimal birligi 
prinsipi; 

xuquqlar, majburiyatlar va mas’uliyatlarning birligi prinsipi; 

boshqarishni demokratlashtirish : xodimlarni boshqarish jarayonida 
qatnashishlari.
G.Emersonning “Dvenadsat prinsipov proizvoditelnosti” kitobida boshqarish 
prinsiplari unumdorlikni oshirish prinsiplari sifatida talqin qilingan. Ularga 
quyidagilar kiradi: 

maqsadning aniq belgilanishi; 

soglom fikr; 


152 

mutaxassis maslaxati; 

intizom; 

xodimlarga xaqqoniy munosabatda bo’lish; 

tez, ishonchli, to’la, aniq va doimiy hisob; 

dispetchirlik; 

me’yorlar va jadvallar; 

sharoitlarni me’yorlashtirish; 

operatsiyalarni me’yorlashtirish; 

yozilgan standart yo’riqnomalari; 

unumdorlik uchun ragbatlantirish. 
Usul – bu tadqiqot qilish yoki ta`sir ko‘rsatish usulidir. Boshqaruv ob`ektini 
o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullar: 

tizimli yondashuv; 

kompleks yondashuv; 

tarkibiy yondashuv; 

integratsion yondashuv; 

modellashtirish; 

iqtisodiy-matematik yondashuv; 

kuzatish; 

eksperement; 

sotsiologik kuzatuv. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin