O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

 
Nazorat savollari 
1. Innovatsiya so‘zining ma’nosi. 
2. Korxonaninginnovatsiyasalohiyati nimalardan tashkil etadi? 
4. 
Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari izohlab bering. 
6. “Innovatsion loyiha” tushunchasini ifodalab bering. 
7. Innovatsion loyiha qanday bo‘limlardan tashkil topadi? 
8. Innovatsiya loyihasini yaratilish bosqichlarini aytib o‘ting. 
9. Innovatsion loyiha qanday bo‘linmalarni o‘z ichiga olish kerak? 
 
 
13
-Bob.
KORXONA FAOLIYATINI BOSHQARISH ASOSLARI 
13.1. Korxona boshqaruvining mohiyati va prinsiplari 
Boshqaruv – bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta`sir 
ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usullar qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida 
mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. 
Boshqaruv tizimini turli miqyoslarga bo’lish mumkin: 

milliy iqtisodiyotni boshqarish; 

xar bir tarmoq va tumanlar tasarrufidagi korxonalarni boshqarish; 

korxona ichidagi bo’limlarni boshqarish. 
Boshqaruv tuzilmasini belgilovchi omillar 
a)tuzilmani aniqlovchi omillar: 

boshqaruv maqsadi; 


149 

boshqaruv funksiyalari va vazifalari; 

ish vaqtining tartibi, oraligi va boshqalar. 
b) tuzilmaga ta’sir qiluvchi omillar: 

tashqi muxit; 

texnologiya; 

korxonaning kata kichiqligi; 

xodimlar soni; 

biznes strategiyasi; 

qabul qilingan qarorlar tizimi; 

tanlangan tuzilma va boshqalar. 
c) tuzilmani muvofiqlashtiruvchi omillar: 

yuqorimalakalixodimlargaegabo’lgan, 
unchakatabo’lmaganbo’limlarvabo’ginlar; 

kup bo’lmagan boshqaruv bo’ginlari; 

o’zgarishlarga nisbatan sezgirlik va xozirjavoblik; 

yuqori darajadagi unimdorlik; 

past darajadagi xarajatlar; 

ish jadvalining bevosita iste’molchilarga mosligi va boshqalar. 
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi boshqaruv oldida turgan vazifalarni 
muvaffaqiyatli xal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. U quyidagi 
talablarga javob berishi kerak. 
1.Boshqaruv tizimida bo’gin va bosqichlar soni maqbul bo’lishi kerak. Bo’gin 
va bosqichlar sonining asossiz ko’payib ketishi: 

boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarining ortib ketishi; 

axborotlarning o’tish yuli chuzilib ketishi; 

boshqaruvda paralellizm va takrorlanishning yuzaga kelishiga; 

boshqaruvda ma’suliyatsizlikka yo’l quyilishiga va boshqaruv samarasini 
pasayishiga olib keladi. 


150 
2.Boshqaruv tuzilmasi boshqaruv apparatining tezkor ishlashini ta’minlashi 
lozim. Bu faoliyat vazifalarni o’z vaqtida va moxirlik bilan tez xal etishda namoyon 
bo’ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqaruv 
ob’ektlarining joylashuvi xam ta’sir ko’rsatadi. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin