143
Texnik-texnologik innovatsiya – iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun
xizmat qiladi:
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (ishlab
chiqarish xarajatlarini
kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish hisobiga);
tijorat nuqtai nazaridan an’anaviy texnologiya asosida olish mumkin
bo‘lmagan yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish imkoniyati tufayli;
tijorat nuqtai nazaridan istiqbolda an’anaviy
texnologiyalar asosida
o‘zlashtirish imkoni bo‘lmagan uglevodorod zahiralarini aniqlash imkoniyatini
mavjudligi.
12.1.-rasm. Innovatsiya faoliyati
sohalari
Innovatsiya uchta asosiy fuksiyasini bajaradi: qayta ishlab chiqarish,
investitsiya, rag‘batlantirish.
Bu uch komponent innovatsiya faoliyatining asosini tashkil etadi.
12.3.Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy
bosqichlari
“Innovatsion loyiha” tushunchasi quyidagicha ko‘rib chiqilishi mumkin:
innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarish shakli;
144
innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni;
hujjatlar majmuasi.
Innovatsiya loyihasi ikki ma’noda ishlatiladi.
ma’lum maqsadga erishish yo‘lida
tadbirni, faoliyatni,
ishni va harakatlar
majmuini amalga oshirish.
qandaydir harakatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hisob moliya
hujjatlar va tashkiliy-huquqiy tizim.
Dostları ilə paylaş: