O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

 
 
12
-Bob.
 KORXONANING INNOVATSION FAOLIYATI 
 
12.1.Korxonalarda innovatsiya faoliyati va innovatsiya.
 
Korxonalarga innovatsion jarayonlar asosida kiritilayotgan yangiliklar ishlab 
chiqaruvchi kuchlar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, farovonlik o‘sishiga, hayot sifati 
va ta’lim darajasi yaxshilanishiga ko‘maklashib, ijobiy innovatsion muhitni 


140 
shakllantiradi. SHu tariqa mamlakatning innovatsion salohiyatini yuksaltiradi. 
Diyorimizda sanoat korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish yuqori innovatsion tarkibiy 
qismlarga ega ishlab chiqarishlar va mahsulotlar salmog‘ini ko‘paytirish maqsadini 
ko‘zlaydi. Rivojlanishning bu yo‘nalishi jadal o‘sish hamda sanoat mahsulotlari va 
xizmatlari raqobatbardoshligini ta’minlashning mustahkam negizini tashkil qiladi. 
Innovatsiya so‘zining ma’nosi ingliz tilidagi “INNOVATION” so‘zidan 
olingan bo‘lib yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi. Bu yangilik zamirida 
yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim. YAngilikni 
bozorga kiritish jarayonini tijoratlashish jarayoni deb atash lozim. YAngilikning 
paydo bo‘lishi va uni xayotga tatbiq etilishi oralig‘idagi vaqt innovatsion loyihasi 
deb ataladi. Kunlik amaliyotda odtada, yangiliklar, yangilik kiritish, innovatsiya 
tushunchalarini o‘xshatish ko‘p uchraydi. Qachonki xar qanday kashfiyotlar, yangi 
voqealar xizmatlar va metodlar xillari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish) 
o‘shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. 
YAngiliklar bozori (novatsiyalar). Bozorni asosiy mahsuloti bo‘lib, 
intellektual faoliyatning ilmiy va ilmiy texnikaviy, natijaviy produtki xisoblanadi. 
Unga avtorlik va shunga o‘xshash xuquqlar (bu xuquqlar xalqaro, respublika, 
korperativ va boshqa qonuniy, me’yoriy aktlar ta’sir doirasida bo‘ladi) taalluqlidir. 
Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik 
iqtisodchi Y.A.SHumpeter hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha ko‘ra aynan ushbu 
olim birinchi bor innovatsiya tushunchasini ilmiy asoslab bergan. Y.A.SHumpeter 
ilgari surgan g‘oyaga ko‘ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya, 
ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar 
manbai innovatsiya hisoblanadi. 
Y.A.SHumpeter birinchilardan bo‘lib, iqtisodiy fanga ishlab chiqarish omillari 
sifatida “yangi kombinatsiya” tushunchasini kiritdi va uning tavsifnomasini berdi. 
Unga quyidagilar kiradi: 

iste’molchilarga ma’lum bo‘lmagan moddiy ne’matni yaratish yoki yangi u 
yoki bu ne’matni ishlab chiqish; 


141 

tegishli tarmoqga yangi hali ma’lum bo‘lmagan ishlab chiqarish usulini joriy 
etish (uning asosini ilmiy yangi kashfiyot usulidan foydalanib yaratilgan tovar 
tashkil etadi); 

bozorning avval mavjudligi va mavjud emasligidan qat’iy nazar tegishli 
tarmoqda mutlaqo yangi sotish bozorini o‘zlashtirish; 

yangi xomashyo yoki yarim fabrikat manbalarini topish (ushbu manba oldin 
ma’lum bo‘lishi yoki uni yaratish imkoni bo‘lishidan qat’iy nazar); 

boshqa korxonalarning monopol holatiga qarshi kurashish uchun korxonani 
tarkibiy qayta tuzish. 
Iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi ilmiy-texnik taraqqiyot 
(ITT), ya’ni minimal xarajatlar qilib, ijtimoiy ehtiyojni qondirishning yangi 
manbalarini topishga yo‘naltirilgan innovatsion to‘xtovsiz jarayon hisoblanadi. 
Korxonaning barqaror rivojlanishi va strategik faoliyati innovatsiyaga 
qaratilmog‘i lozim. Aks holda korxona nafaqat tashqi bozorda balki ichki bozorda 
ham o‘zining raqobatbardoshlik qobiliyatini saqlab qola olmaydi. 
YAngilik to‘g‘risidagi g‘oyaning paydo bo‘lishi va yaratilishi hayotga tadbiq 
etilib keng tarqalishi, innovatsiya hayot davri deb ataladi. Olib boriladigan 
ishlarning izchilligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi innovatsiya jarayoni 
deb ataladi. 
Mahsulot sifatining kompleks tizimini boshqarish metodologiyasi, mahsulot 
hayot davrining bosqichini tavsiya etadi: 

tadqiqot va ishlab chiqarish; 

tayyorlash; 

muomalaga chiqarish va sotish; 

ekspluatatsiya qilish va istemol. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin