156
bankrot bo‘lishiga yo‘l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me`yorda
saqlab turish maqsadida malga oshiriladi.
Sanatsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o‘zgalar hisobidan to‘lash;
qarzni to‘lash muddatini kechiqtirish;
qarz uchun berilgan foizni kamaytirish yoki umuman foiz olmaslik;
korxonaga soliqdan engillik berish;
soliqni kreditga aylantirish;
korxonaga bo’yurtma berib, uning haqini oldindan to‘lash;
subsidiya ajratish;
korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish.
Davlatning Sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi.
korxonaning milliy va xududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo‘lishi
kerak;
korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan
boshqa ob`ektiv sabablar bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: