O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


 Innovatsion loyihalarni baholash



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

 
12.4. Innovatsion loyihalarni baholash 
Smeta moliya hujjatlarining shakllanishi; ishlab chiqarish xarajatlarini 
baholash; kapital xarajatlarni hisoblash; korxona faoliyatidan keladigan yillik 
tushumni hisoblash; oborot kapitaliga ehtiyojni hisoblash; loyiha va tavsiya etilgan 
loyihadagi moliya manbalarni hisoblash; chet el valyutasiga taxminiy ehtiyoj; 
investitsiya shartlari, konkret investorni tanlash va kelishuvni rasmiylashtirish; 

loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatarni baholash; 

loyihani amalga oshirishni rejalashtirish; 

loyihaning 
(byudjet 
investitsiyadan 
foydalangan 
holda) 
tijorat 
samaradorligini baholash; 

loyihani realizatsiya qilishni ta’minlash shartlariniishlab chiqish. 
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida amalga 
oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi 


147 
bo‘yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida 
korxonaniqiga bo‘linishlari mumkin. 
Takrorlaymizki, innovatsion loyihani turkumlashtirishning chuqurligi, 
loyihalashtirishda hisobga olinadigan ilmiy yondashishlar va tamoyillar, 
qo‘llaniladigan menejment usullari miqdori loyihaning bosh menejeri (loyiha 
menejeri) va ITK a’zolari tomonidan muammoning murakkabligi, loyihaning 
qiymati va innovatsion tashkilot tashqi va ichki omillari holatiga muvofiq 
belgilanadi. 
Innovatsion loyihani ishlab chiqish loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan 
yakunlanadi. “Loyiha hujjatlari” ning yagona tarkibi hali belgilanmagan va har bir 
aniq holda uning tarkibi dastlabki (texnik iqtisodiy) vazifada belgilanadi. 
Har qanday darajadagi innovatsion loyiha quyidagi bo‘linmalarni o‘z ichiga 
olishi kerak: 

muammo (g‘oya)ning mazmuni va dolzarbligi; 

loyiha rahbarining rezyumesi; 

marketing tadqiqotlari va muammoni turkumlashtirish asosida qurilgan loyiha 
maqsadlari daraxti; 

loyiha maqsadlari daraxtini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar tizimi; 

loyihani majmuaviy asoslanishi; 

loyihani amalga oshirilishini majmuaviy ta’minlanishi; 

ITK ning ta’rifi; 

loyihaning ekspert xulosasi; 

loyihani amalga oshirish mexanizmi va undovchi sabablar tizimi. 
Xulosa 
Innovatsiya so‘zining ma’nosi ingliz tilidagi “INNOVATION” so‘zidan 
olingan bo‘lib yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi. Bu yangilik zamirida 
yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim.


148 
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida amalga 
oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi 
bo‘yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida 
korxonaniqiga bo‘linishlari мумкин. 
Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning 3 asosiy bosqichlari bo’lib 
ular
investitsiya g‘oyasining shakllaishi,investitsiyaimkoniyatlarini tadqiqot qilish,
loyiha TI asoslashni o’z ichiga oladi. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin