O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 81,27 Kb.
səhifə20/24
tarix31.07.2023
ölçüsü81,27 Kb.
#138100
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
o‘lgur, harom o‘lgur, itdan tuqqan, qorning oshga to‘ymasin, juvormag bo‘l, 
tustovuqqa o‘xshab tumshaymay o‘l, muloyim supurgi bo‘lmay, germonning o‘qiga 
uchib ket, tuzim ko‘r qilgur, xumpar, padarla’nat // padaringga la’nat, ahmoq, 
manjalaqi, qiztaloq bola  va b.
Shuningdek, G‘afur G‘ulom asarlari tilida haqorat hamda erkalashni
ifodalovchi emotsional so‘zlarning yonma-yon qo‘llanganini kuzatamiz:
-Ha, etim, taylog‘im, qaysi go‘rlarda besaru somon yo‘qolib ketding? («Shum
bola» 256). -Nima qilib ivirsiyapsan, bolam? («Shum bola». 290).

Ayollar nutqida emotsionallikni ifodalovchi haqorat so‘zlari keng qo‘llanadi: 


o‘lgur, juvonmarg, zumrasha, yigit o‘lgur, betingni el to‘smasin, aldamchi, iflos, 
qo‘shmachi, satang, bema’ni, dangasa  va b.
Tursun (Parixonga taajjub bilan qarab turadi). Aldamchi, iflos, qo‘shmachi, 
satang! Tufuv!… (Chiqib ketadi.) («Erkimiz». 411).
Yuqorida sanab o‘tilgan emotsionallikni ifodalovchi haqorat so‘zlari badiiy
asarda personajlarning xarakterini ochib berish maqsadida uslubiy vosita vazifasini
bajaradi. Masalan, «Yogor» asari personaji Jo‘ravoy nutqida haqorat so‘zlari
ishlatilmagan.
Faqat
Mehrining
«tuzog‘i»ga
ilingan
Jo‘raning
nutqida
«kelishilganday» haqorat so‘zlari ishlatiladi: Ya’ni, «U meni «chayqovchi» deydi.
Men uni «tantiq, satang» deyman». («Yodgor». 75).
«Shum bola» asarida qarg‘ish iboralari ayollar emas, balki erkaklar nutqida
juda ko‘p qo‘llangan. Asar qahramoni «Shum bola» nutqida sigirga nisbatan
qo‘llangan qarg‘ish iboralari kitobxonning kulgusini keltiradi: Go‘shting 
olaqarg‘ag‘a xomtalash bo‘lgur, men etib borgunimcha o‘t chimdib turadi,…
(215). Chunki, ertaga egang o‘lgur, tutqaloqli sigirni u o‘tlatgani olib borsa, cho‘t
qo‘ltiqlab mehmondorchilikda yursam, degan fikr boshimdan ketmas edi (216).
Shu ahvolda tipirchilib yotgan, tering sangobda chirigur sigir birdan irg‘ib
o‘rnidan turib, dumini xoda qilib bir qochib berdi (215). Lekin asar personaji Xoji
bobo nutqidagi qarg‘ish iboralari «shum bola»ning nutqidagi qarg‘ishlardan katta
farq qiladi: -Hali shunaqami? -dedi, -tuzim ko‘r qilgur? (289). -Hu, javdiramay
ko‘zing qursin (241). -Hu, muloyim supurgi bo‘lmay, germonning o‘qiga uchib 
ket! (256). -Hu, tustovuqqa o‘xshab tumshaymay o‘l, nimaga qarab
turibsan…(284).
Ba’zi «qarg‘ish iboralarning o‘zi jonli nutqda ba’zan suyish, yoqtirish
munosabatlarida ishlatiladi: Qizi tushmagur ancha etilib qopti-ya! («Yodgor».27).
Qurmag‘urning ko‘kragini qara, xuddi Hojimuqonning ko‘kragiga o‘xshaydi,
boldirini qara! («Yodgor». 20).

Salbiy munosabatni ifodalovchi ba’zi bir xil so‘zlar shaxs, narsa hamda


hayvonlarga nisbatan qo‘llanadi:
Qo‘y degan harom o‘lgur juda ahmoq, asov hayvon bo‘lar ekan («Shum
bola». 204). -Ko‘r -ey, ey harom o‘lgurlar, ko‘r-ey-degan mungli ovozini eshitdim
(«Shum bola». 206). -Voy, ahmoq. Hozir saraton. Saratonda jiyda mevalari
danagiga alif yozdirish uchun Makkaga ketadi («Shum bola». 142). -Nima
deyapsan, haromi, boshqa shuncha aravakash otlar turib, kelib-kelib, mening
birdan-bir boqib qo‘ygan uloqchi otim bilan suv tashiysanlarmi, padar la’natilar?
(«Shum bola» 198). Biror soat sanqiganimizdan keyin, Omonning ketmoni bilan
mening yog‘och kuragimni sotishga ulgurdik («Shum bola» 147). Echki
bo‘lmagandan keyin boshi oqqan sanqib keta berar ekan («Shum bola» 204).
Ma’lumki, sub’ekt ba’zan o‘z g‘azabini yumshoqroq, madaniyroq shaklda
ifodalash uchun qurg‘ur so‘zidan ham foydalanadi. G‘afur G‘ulomning «Shum
bola» asarlaridagi quyidagi so‘z birikmaklari shu maqsadda qo‘llangan: sabzisi 

Yüklə 81,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin