O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 81,27 Kb.
səhifə2/24
tarix31.07.2023
ölçüsü81,27 Kb.
#138100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
II Bob. Ibora va maqollarning uslubiy xususiyatlari. 
1. Emotsional-ekspressiv leksikaning uslubiy xususiyatlari.
2. Emotsional-bo‘yoqdor so‘zlarning uslubiy qo‘llanilishi.
Umumiy xulosalar 
Foydalanilgan adabiyotlar

Asoslama 
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek tilidagi faol va nofaol lug‘at tarkibini tashkil
qiluvchi so‘zlarning uslubiy qo‘llanilishini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini
yanada chuqurroq o‘rganish, mazkur uslublarning qo‘llanilish darajasi va ma’no
qirralarini tahlil qilish bugungi kun tilshunosligi oldida turgan muhim vazifalardan
biridir.
Alohida ta’kidlash kerakki, shu kungacha faol va nofaol lug‘at tarkibiga
kiruvchi leksik qatlamlar, jumladan, shevaga xos so‘zlar, atamalar, yangi paydo
bo‘lgan so‘zlar, eskirgan qatlam, xususan, ibora va maqollarning uslubiy
xususiyatlari hozirgi o‘zbek adabiy tili taqozo qilayotgan sistem yo‘nalishda
o‘rganilmagan. Ayniqsa, ibora va maqollarning turli xil nutq uslublarda
qo‘llanilishidagi o‘ziga xosliklarni o‘rganish bugungi kun talabidir.
Ana shu zaruratdan kelib chiqqan holda tadqiqotimizni o‘zbek tilida faol va
nofaol so‘zlarning uslubiy xususiyatlarini tadqiq qilishga bag‘ishladik.
Mavzuning o‘rganilishi. Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligi keyingi yillarda
qator yutuqlarga erishdi. Mazkur yutuqlardan eng muhimi o‘zbek sistem
tilshunosligining shakllanishi va jadal sur’atda ravnaq topayotganligidir.
An’anaviy tilshunoslikdan farqli o‘laroq, sistem tilshunoslikda til birliklari va nutq
birliklari o‘zaro farqlanadi. Ushbu tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, badiiy asarda
qanday til birliklarini qo‘llash emas, bu birliklarni nima maqsadda qo‘llash va
undan qanday nutq birliklari hosil qilish masalasi muhimroqdir. Bunday
xususiyatlar muallifning badiiy nutq mahoratini belgilashda mezon bo‘lib xizmat
qiladi.
Bugungi kungacha o‘zbek tilshunosligida faol lug‘at tarkibi keng o‘rganilgan.
Biroq tadqiqotlarning aksariyatida, jumladan, B.Umurov, R.Qo‘ng‘urov,
E.Begmatov, Yo.Tojiev, B.Yo‘ldoshev va boshqa tadqiqot ob’ektimizga daxldor
ilmiy tadqiqotlarda masala an’anaviy tilshunoslik aspektida amalga oshirilgan.
Bizning tadqiqotda esa muammo tizim sifatida o‘rganish asosiga qurilgan.


Yüklə 81,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin