3-MAVZU
Amaliy mashg‘ulot № 3
|
Leksik mavzu: Milliy qadriyatlar – millat iftiхоri.
Grammatik mavzu: Tilning leksik qatlamlari.
|
Yangi mavzu bayoni.
Biz o‘tgan darsimizda leksikologiya hamda leksik qatlamlar haqida fikr yuritgan edik. Bugungi darsimizda mutaxassislik doirasida atamalar haqida bahs yuritamiz.
Talabalarga darsning maqsadi, rejasi tushuntiriladi va o‘tilgan mavzular yuzasidan savollar beriladi; tarqatma materiallar tarqatiladi. Talabalar berigan savollarga og‘zaki yoki yozma tarzda javob berishlari mumkin.
Topshiriq. Matnni o`qing va bo`laklarga ajrating. Ajratilgan bo`laklar asosida tezis tayyorlang. Matnni tarjima qiling.
Milliy qadriyatlar e’zozi
Shuni aytish lozimki, xalqimiz ma’naviya-tini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma’no-mazmunga ega bo‘lib, umummilliy an’ana tusini olgani barchamizni mamnun etadi.
Qadriyat – qiymat, ahamiyat; qimmatbaho buyumlar; xalq boyligi. Voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy, ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, moddiy va ma’naviy boyliklar va boshqalar qadriyat hisoblanadi.
Har yili Navro‘z va Mustaqillik bayramlari arafasida o‘tkaziladigan umumxalq hasharla-ri buning tasdig‘idir. Ana shu hasharlar paytida mahalla va guzarlar, yo‘llar va maydonlar, bog‘u rog`larni tartibga keltirish, dov-daraxtlar o‘tqazib, kam ta’minlangan, muhtoj oilalar, yolg‘iz va qarovchisiz keksalarga amaliy yordam ko‘rsatish, hech shubhasiz, jamiyat tafakkurining yan-gilanishiga kuchli ta’sir qilmoqda.
“Milliy qadriyat, milliy g'oya, milliy iftixor va tuyg'u, milliy an'ana, millliy madaniyat, milliy urf-odat, milliy me'morchilik, milliy musiqa, milliy kiyim so‘z birikmalari nutqimizni rang-barangligi va ta'sirchanligini taminlanayotganligi barchamizga ayon. Qadriyat so‘zi xalq boyligi, qimmatbaho buyumlar, qiymat, ahamiyat kabi ma'nolarni ifoda etadi. Voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy ishtimoiy-axloqiy, madaniy, ma'naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan, yerkinlik, tinchlik, adolat, ma'rifat, haqiqat, yaxshilik moddiy va ma'naviy boyliklar qadriyat hisoblanadi.
Bugungi kunda turli zararli ta'sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo‘lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar yegasi bo‘lib qolishimizda qadimiy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o‘ta muhim ahamiyat kasb yetadi.
Xalqimizning asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o‘zi tug'ilib o‘sgan ona yurtiga yehtirom, o‘z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o‘tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko‘rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida ye'tibor berish singari ko‘plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil yetadi.
Yurtimizda bunyod yetilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg'ilon, Termiz va Qo‘qon singari o‘nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o‘lchanishi ham bejiz yemas. Demoqchimizki, xalqimiz o‘zi tug'ilib o‘sgan yer-zaminga qattiq bog'langan, uni e’zozlashni bolaligidan o‘rganib, his qilib o‘sadigan millat sanaladi.
Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
O‘zbek xalqining asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ona yurtiga ehtirom, o‘z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o‘tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko‘rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor berish singari ko‘plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.
Demak, xalqimizning o‘z yurtiga cheksiz sadoqati, yehtiromi bilan bog'liq milliy an'ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, mehmondo‘stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo‘lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini - oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an'ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o‘tgan o‘lmas ma'naviy merosimiz sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |