Topshiriq.Quyidagi so‘zlarni faol va passiv so‘zlarga ajrating.
Yer, quyosh, odam, bashar, chaqmoq, uy, yo‘l, dinozavr, uzoq, imlo, g‘azal, koinot, ayol, odob, daryo, rejalashtirish, tabib, jadallashtirish, ekmoq, olim, magistratura, bakalavr, zilzila, toshqin, kuldi, sun’iy, agrotexnika, iste’mol, yig‘lamoq, yilnoma, yoqilg‘i, hafta, sut, qatiq, tovar.
Topshiriq.Arxaik so‘zlarga ma’no jihatidan muqobil zamonaviy so‘zlar toping. Yog‘iy, dubulg‘a, bitik, cherik, firqa, yovuq, pud, qadoq, etmak, handasa.
Topshiriq.So‘zlarning tarixiylik jihatidan qaysi qatlamga xosligini aniqlang. Qarol, feodal, rejissor, yulduz, tashabbus, Turkiston, rasadxona, ochilg‘on, teleskop, kuyov, teatr, malay, san’at, dizayn, arbob, epizod, rutba, musofirxona, mirshabxona, devon, milliy xavfsizlik, diplomatiya, aviasozlik, jumhuriyat, dukchi, charx, mug‘anniy, ashula, fermer, kompyuter, cho‘pchak, musallas, nota, professor, studiya, sanatsiya, asov, taqa, tarbiya, erk, ma’rifat, aravakash, mahliqo, qalandarlar, rafiq, mushk-u anbar, faytun, mehmon, g‘oyibona, g‘anim.
Topshiriq.Quyidagi arxaik so‘zlarga ma’no jihatdan muqobil zamonaviy so‘zlar toping. Bitik, cherik, etmak, yog‘iy, dubulg‘a, firqa, yovuq, handasa, fasohat, fiqh.
Topshiriq.A.Qahhorning «Jonfig‘on» hikoyasidan olingan parchani o‘qib, eskirgan va zamonaviy so‘zlarni toping va izohlang.
Malohatxon Jonfig‘on izvoshchilikdan haydalgan yili, mahalladagi aktiv ayollarning himoyasi ostida, erining qarshiligiga qaramay, rayon Sovetiga farrosh bo‘lib ishga kirgan ekan, o‘qibdi, hademay savodi chiqibdi, bir yilbir yarim yildan keyin hatto majlislarda dokladchiga: «O‘rtoq, Sizga savolim bor», deydigan bo‘libdi. Rayon Sovetining shofyori Timchenko degan ayol uning sog‘lomligiga, kuchiga, abjirligiga, ayniqsa, zehniga qoyil bo‘lib yurar ekan, bir kuni uyga chaqirib, «sen shofyor bo‘lgin, nima yordam kerak bo‘lsa beraman», debdi. Malohat ham shunday bir narsani orzu qilib yurar ekan, darrov ko‘nibdi. Shundan keyin Timchenko uni birmuncha vaqt shofyorlar kursiga tayyorlabdi, oqibatda kirgizib ham qo‘yibdi. Jonfig‘on avvallari uning niyatiga, o‘qishga «notovon ko‘ngil..., orzuga ayb yo‘q» degan nazar bilan qarab yurar ekan, bir vaqt qarasaki, Malohat kursni bitirib, gruzovoy minib yuribdi! Jonfig‘on bunga ham ko‘nikibdi — «ha, endi, minsa minibdi-da, shu ham martabami, mashinani o‘zi o‘ylab chiqaribdimi» deb, o‘ziga tasalli beribdi, biroq Malohat ikki yilda uch marta mukofotlanibdi. Jonfig‘on mukofotni o‘z gazi bilan o‘lchagani uchun bunga ham uncha parvo qilmabdi. Tayanch tushunchalar eski qatlam, yangi qatlam, arxaizmlar, istorizmlar (eskirgan so‘zlar), neologizmlar (yangi paydo bo‘lgan so‘zlar).
3-topshiriq. Kadastr, lizing so‘zlarining ma’nosini tushuntiring va ularning o‘zbek tiliga boshqa tildan olinish sababini ayting.
Dostları ilə paylaş: |