II B o b. Ibora va maqollarning uslubiy xususiyatlari Frazeologik iboralar va ularning turli nutq uslublarida ishlatilishi.
Frazeologiyada tildagi turg‘un – barqaror birikmalar o‘rganiladi.
Odatda, so‘zlarning birikuvi tufayli so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. Bu so‘z
birikmalarning ba’zilari erkin bo‘lsa, ba’zilari turg‘un (barqaror) bo‘ladi. Oyoq uchida birikmasi
kontekstdan
anglashilgan
ish-harakatning
imi-jimida,
yashirincha, maxfiy bajarilganligini bildiradi. Birikma tarkibidagi har bir so‘z o‘z
mustaqil ma’nosini saqlamagan, shunga ko‘ra bu tarkibdagi so‘zlar (komponentlar)
barqaror, bo‘linmas bir semantik birlikni hosil qilgan turg‘un birkmadir.
Quyidagi gaplardagi og‘zi qo‘log‘ida, qo‘l keladi, nonini tuya qilmoq iboralari ham turg‘un birikma sanaladi: Istar-istamas idoraga kirgan Bo‘riboy bu
erdan og‘zi qulog‘ida bo‘lib chiqdi (H.Nazir). Biravarakayiga sakson ming dona
g‘isht pishiradigan bu firma jamoaga juda qo‘l keldi (Gazetadan). Ibora tarkibidagi
har bir so‘zning ma’nosi tushunarli bo‘lsa-da, ammo bu so‘zlarning semantik
bog‘lanishi cheklangan, ularni boshqa biror so‘z bilan almashtirish aslo mumkin
emas.
Ko‘p ma’nolilik hodisasi turg‘un birikmalarga, ya’ni frazeologik iboralarga
ham xos. Masalan, «O‘zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati»da bosh ko‘tarmoq iborasining 6 xil ma’no ottenkasi ko‘rsatiladi.
Quyidagi iboralar bir necha ma’noga ega: yo‘lga solmoq: 1) ketish tomoniga
to‘g‘rilab jo‘natmoq, yurgizmoq; 2)to‘g‘ri yo‘lga qaytarmoq; 3) manfaatdor
bo‘lgani holda rag‘batlantirmoq; 4) faoliyatini yaxshilamoq; bel bog‘lamoq: a)
shaylanmoq, otlanmoq; b) astoydil kirishmoq; 5) ahd qilmoq; tilga kirmoq: a)
nutqqa ega bo‘lmoq; b) ma’lum fursat o‘tgandan so‘ng gapira boshlamoq.
Frazeologik iboralarning ko‘p ma’noliligi ularning sinonimik holati bilan
bog‘liq. Chunki u yoki bu iboraning yangi ma’nosi turg‘un iboralar doirasida
miqdorini kengaytirishga olib keladi.
Frazeologik
iboralarning
sinonimiya
hodisasiga
boyligi
ulardan
foydalanishda katta uslubiy imkoniyatlar yaratadi. Bu imkoniyatlarni, qisqacha,
quyidagicha izohlash mumkin:
Frazeologik ibora alohida so‘z bilan sinonimik munosabat hosil etadi.
Masalan: tepa sochi tikka bo‘ldi iborasi achchiqlanmoq, g‘azablanmoq so‘zlari
bilan, ko‘zi tor iborasi qizg‘anchiq so‘zi bilan, nonini tuya qilmoq iborasi
aldanmoq so‘zi bilan sinonimik holatda bo‘ladi.
Bir sinonimik uyani tashkil qiluvchi iboralar o‘zaro obrazlilik darajasi
jihatidan farqlanadi. Masalan, boshiga etmoq - boshini emoq frazeologizmlari ayni
bir ma’noni anglatsa-da, ammo obrazlilik darajasiga ko‘ra farq qiladi. Ikkinchi
iborada «yo‘q qilmoq», «halok qilmoq» ma’nosi kuchli va qat’iyroq. Boshi qotdi, boshi shishdi, miyasi g‘ovlab ketdi iboralarining so‘nggisi ma’no darajasining
kuchliligi, obrazliligi va ifodaliligi jihatidan ajralib turadi.
Xuddi shuningdek, mum tishlamoq, og‘ziga talqon solmoq, og‘ziga qatiq ivitmoq sinonimik uyada ikkinchi va uchinchi iboralar birinchisiga nisbatan
obrazliroqdir. Olib borilgan maxsus «kuzatishlar frazeologik sinonimlarning
ko‘pincha obrazlilik darajasi farq qilishini ko‘rsatadi».
Frazeologik sinonimlar ham nutq ko‘rinishlariga xoslangan bo‘ladi. Bir
sinonimik uyadagi iboralarning ba’zisi umumnutqqa xos bo‘lsa, ba’zisi boshqa
biron nutq ko‘rinishiga xoslangan bo‘ladi. Masalan: erga tegmoq, turmushga chiqmoq, erga chiqmoq iborasining birinchisi rasmiy nutqqa, uchinchisi esa
so‘zlashuv nutqiga xoslangandir. Xuddi shuningdek, oila qurmoq, turmush