svecha zazorlaridan suyuqlik ichida ham uchqunlar chiqayotganligi ko‘rinib
turadi (Gazetadan).
Til an’analariga nomuvofiq, o‘rinsiz yasalgan terminlarni ishlatish ham
uslubiy nuqson sanaladi. Masalan: ...Volgograd oblastidan «Qiltiriqsiz-1»
ataladigan eng yaxshi bug‘doy urug‘i bizga etkazib berildi (Gazetadan).
Fan va texnikaga oid va ilmiy-ommabop kitoblar tilini, fikr bayonini sodda
qilish asarning ilmiy qimmatini pasaytiradi, deb noto‘g‘ri tushunmaslik kerak.
Odatda, «o‘ta olimona» til bilan ifoda qilingan oddiy narsalar va hodisalar,
ko‘pincha, murakkab va tushunarsiz bo‘lib qoladi.
Kanselyarizmning qo‘llanish doirasi. Rasmiy uslubga xos so‘z va nutq
oborotlari kanselyarizm deyiladi. Qonun, buyruq va ish-xizmatiga doir
yozishmalar, chaqiriq qog‘ozlari, taklifnomalar, telegrammalar tilida umumnutqqa
xos vositalardan tashqari, rasmiy uslubga xos maxsus so‘z va qolipdagi tayyor
formulirovkalar (yuqoridagi ko‘rsatilgan, quyidagi bayon qilingan, maqsadga
ko‘ra, javoban, e’tiborga olingan holda kabi) keng qo‘llaniladi.
Kanselyariya qog‘oz va hujjatlaridagi qat’iy shaklga kirgan bunday tayyor
so‘z va iboralar matnga alohida rasmiylik ottenkasini beradi. Masalan: ...sohasida
erishgan juda katta muvafaqiyatlari uchun ...unvoni berilsin; ...belgilangan
tadbirlarni qarab chiqdi va ma’qulladi; ...keng joriy qilish vazifasi topshirildi;
...qarorlarini amalga oshira borib kabi.
Kanselyarizmlar o‘zi aloqador bo‘lmagan boshqa nutqda qo‘llansa, matn
yo‘nalishiga boshqacha uslubiy tus kiritadi. Masalan: Ishchilarga kino xizmatini
ko‘rsatish talab darajasida emas (Gazetadan). ...paxta chaman-chaman
ochilganiga qaramasdan, terim mashinalari to‘la quvvat bilan ishlamayotir
(Gazetadan).
So‘zlarni keraksiz o‘rinlarda takrorlayverish ham nutqni g‘alizlashtiradi.
Masalan: ya’ni, demak, bevosita, aytaylik, xullasi kalom, umuman aytganda –
olganda, asosan, shuni aytish kerakki, shunday qilib, asosiy masala kabi so‘z va
iboralar me’yoridan ortiq qo‘llanganda «parazit» so‘z hisoblanadi.
SHablon so‘zlar, odatda, o‘z juftlariga – doimiy sifatlovchilariga ham ega
bo‘ladi. Masalan: «chora»ni «amaliy», «vazifa»ni «aniq» yoki «konkret»,
«ma’qullamoq»ni «qizg‘in» kabilar bilan yonma-yon qo‘llanuvchi doimiy juftlari
bor.
Bir xildagi so‘z va iboralarni uzluksiz takrorlayverish ham nutqni
siyqalashtiradi. Misollar: ...kolxoz dalalarida ertagi ekinlar parvarishi qizg‘in
boryapti. Kunlar isib, erlar etila boshlashi bilan ekin maydonlari tekislanib, ertagi
ekinlarni ekish boshlab yuboriladi. Jamoadoshlar ertagi ekin ekish rejasini qisqa
vaqtda bajarishdi. Ertagi ekinlar parvarishi qizg‘in borayotgan shu kunlarda
hamma dalada (Gazetadan).
SHunday faktlar ham borki, baliq xo‘jaligi tashkilotlari baliq ovlash
rejalarini baliq ovlaydigan kemalarning baliq ovi va texnika imkoniyatlaridan
ataylab past qilib belgilamoqdalar (Jurnaldan).
Gaplarni ixcham va silliq tuzish katta ahamiyatga ega. Ortiqcha ezmalik
bilan gapni cho‘zib yuborish fazilat sanalmaydi.
Kanselyarizmlar ko‘pincha satira va yumorda stilistik priyom sifatida
qo‘llanadi. Bu priyomda A.Qahhor o‘zining hikoya va feletonlarida juda ustalik
bilan foydalanadi. Hikoyalaridan birida tasvirlangan notiq o‘z uyida xotini bilan
quyidagi rasmiy-idoraviy til bilan gaplashadi: ...ikkinchi masala, ya’ni ichki
imkoniyatlardan foydalanish masalasini olaylik. O‘zingizga ma’lum, bizda yuqori
sifatli mis choynak bor. Bu choynakning qopqog‘i bugungi kunda yo‘q. Bu haqida
biz bir-birimizga signal berdikmi. O‘, Yo‘q! Agar biz o‘zibo‘larchilikka uzil-kesil
Dostları ilə paylaş: |