O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 81,27 Kb.
səhifə11/24
tarix31.07.2023
ölçüsü81,27 Kb.
#138100
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
chiqdi. Doktor xotin dadam ikkovimizni ayamning chap tomonidagi kichkina sim 
karovat oldiga boshlab bordi va oq ro‘yjaning bir chekkasini ko‘tardi. Uning 
ostida buvak-ukacham ko‘zlarini chirt yumib, qovog‘ini solib yotardi. 
Matnlarda ishlatilgan sheva so‘zlarining adabiy tilda muqobili bo‘lmaganligi
uchun yozuvchi ularga sahifa ostida izoh ham beradi: bo‘riq - jo‘xoripoyaning bir
bo‘g‘ini; pesa – chala pishgan, dumbul o‘rik; buvak – chaqaloq; ro‘yja esa
«prostina» ma’nosida qo‘llangan. A.Qahhor «O‘tmishdan ertaklar»ida adabiy
tildagi so‘zdan talaffuziga ko‘ra farqlanuvchi vahmak (vahimachi), urpoq (urvoq), 
sepsildi (tovsildi), ziqnov (qistov) kabi sheva so‘zlarini ham ishlatadi.
Har qanday adabiy tilning taraqqiyoti, boyishi adabiy til bilan shevalar
o‘rtasidagi munosabatlarning bir-biriga ta’sir qilish darajasiga bog‘liq. SHuning
uchun dialektizmlarning badiiy asarda qo‘llanilishini hamda ularning adabiy tilga
o‘tish-o‘tmasligini konkret-tarixiy sharoitlarga ko‘ra izohlash zarur.
Madaniy hayotimizda adabiy tilning mavqei, ta’siri kuchayib borgan sari
ayrim sheva so‘zlari va iboralarining qo‘llanish doirasi ham zaiflasha va yo‘qola

borishi tabiiydir. SHu jihatdan ba’zi adabiy nutq, ayniqsa, vaqtli matbuot tilida


ayrim sheva xususiyatlarining davom etib kelayotganini normal hol deb bo‘lmaydi.
Mashhur so‘z ustalari til haqidagi maqolalarida tushunib bo‘lmaydigan
mahalliy sheva so‘zlariga o‘z munosabatini bildirar ekan, tilni ortiqcha, g‘alati 
so‘z chiqindilari bilan to‘ldirib yubormaslikni qat’iy talab qilgan edilar. Ammo 
bundan mahalliy sheva so‘zlarini ishlatmaslik kerak, degan ma’no kelib 
chiqmaydi. SHeva so‘zlari asarda o‘z joyini topgan bo‘lsa, tilni boyitishga xizmat 
qilsa, uni adabiy tildagi so‘z bilan almashtirish qiyin bo‘lsa yoki iloji bo‘lmasa 
qo‘llash mumkin.
Kasb-hunar va atamalar leksikasidan uslubiy maqsadda foydalanish. Tildagi
kasb-hunarga mansub bo‘lgan so‘z va iboralar professionalizmlar deb yuritiladi.
Masalan, andava, gazcho‘p, vassa kabi so‘zlar suvoqchilikka oid bo‘lsa, biliska, 
chega, boshliq, seplama, mixcho‘p, shoncho‘p kabilar poyabzaldo‘zlik hunariga
oid professional so‘zlardir.
Bundan tashqari o‘zbek tilida xalqimizning qadimiy ishlab chiqarish
faoliyati
bilan
bog‘liq
bo‘lgan
dehqonchilik,
chorvachilik
va
mayda
hunarmanchilik (miskarlik, kulolchilik, me’morchilik, zargarlik, bo‘zchilik,
etikdo‘zdlik, duradgorchilik, suvoqchilik) kabi kasb-hunarga doir so‘z va iboralar
ham bor. Har qaysi joyning mahalliy kosib va hunarmandlarining ishlab chiqarish
qurollarida va mehnatni bajarish usullarida farqlar bo‘ladi. Bu farqlar ularning
leksikasida ham aniq seziladi. Chunki ularga mahalliy dialekt va shevalarning ham
ta’siri bor.
Termin ilm, fan, texnika, san’at, madaniyat va shu kabi sohalardagi ma’lum
tushunchalarning aniq, konkret, bir ma’noli ifodasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z
birikmasidir. Masalan: karta, atlas, globus, materik, ko‘rfaz, o‘zan, dara, tizma 
tog‘, yassi tog‘ kabilar geografik atamalardir.
Atamalar ma’lum bir aniq tushunchani ifoda etadi. Ular dialekt va shevaga
oid so‘zlardagi kabi fonetik, leksik va morfologik ko‘rinishlariga ega bo‘lmaydi.
Atamalar, odatda, barcha sheva vakillari uchun umumiy bo‘ladi va kasb egasi

tomonidan qaysi hududda yashashidan qat’iy nazar, hamma joyda bir xilda


qo‘llanadi va yoziladi.
Atamalarning adabiy tilga kirib kelishida vaqtli matbuot va adabiyotning roli
juda katta. Ko‘pgina atamalarlarning ommalashuvida joylardagi gazeta va jurnallar
bilan bir qatorda A.Qahhorning «Qo‘shchinor chiroqlari», «Sinchalak» kabi
asarlari muhim rol o‘ynadi. Matnda tushunilmaydigan ilmiy-texnik terminlarning
haddan tashqari ko‘p uyib yuborilishi vaqtli matbuot materialining yorqin va
mazmundor, tilining to‘la tushunarli va ommabop bo‘lishiga putur etkazadi.
Adabiy tilning ommaga oson tushunarli bo‘lishi va tozaligi uchun kurashgan
yozuvchilardan biri «texnika terminlarini suiiste’mol qilish yaramaydi» deb
alohida ta’kidlagan edi.
Ayrim ixtisosga oid terminlarga izoh bermay o‘tish xato, bu mutaxassislikka
doir ilmiy-texnik adabiyotlarda ham xato hisoblanadi (ayniqsa, ommabop
adabiyotlarda va publitsistikada). Gazeta va jurnallarda quyidagi matnlardagi kabi
hech qanday izoh va tushuntirishsiz qo‘llanilgan terminlar uchrab qoladi: Bu 

Yüklə 81,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin