Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma – ketligi. Biologiyani o`qitish metodikasi fani asosiy mutaxassislik fani hisoblanib,
5 – 6 semestrida o`qitiladi. Dasturdan o`rin olgan masalalarni yoritishda talabalarning o`quv rejadan o`rin olgan biologiya mutaxassislik fanlari (botanika, o`simliklar fiziologiyasi va sistematikasi, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar zoologiyasi, sitologiya, gistologiya, embriologiya, odam va hayvon fiziologiyasi, evolyusion nazariya, genetika va seleksiya asoslari), shuningdek “Pedagogika”, “Psihologiya”, “Pedagogik mahorat”, “Pedagogik texnologiyalar”, “Informatika va axborot texnologiyalar” o`quv kurslaridan o`zlashtirgan nazariy bilimlari, ko`nikma va malakalari asoslanadi.
Fanning ta`limdagi o`rni. Biologiya o`qitish nazariyasi va metodikasi fani bakalavr yo`nalishida umumiy o`rta ta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-qunar ta`limi muassasalari va pedagogika oliy o`quv yurtlarida biologiyani o`qitishning dolzarb muammolari bilan tanishtirib ularning ilmiy-metodik tayyorgarligini amalga oshiradi.
Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Biologiya o`qitish nazariyasi va metodikasi fani bakalavrlarni umumiy o`rta ta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi muassalari va pedagogika oliy o`quv yurtlarida biologiyani o`qitish jarayonida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalasi bilan tanishtirish bilan bir qatorda mazkur fan bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda tashkil etiladi.
Asosiy qism Fanning nazariy mashgulotlari mazmuni Kirish. O`zbekiston Respublikasi "Тa`lim to`g`risida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilishning ilmiy nazariy asosi. Uzluksiz ta`lim tizimi oldidagi davlat va ijtimoiy buyurtmalar, maqsad va vazifalar. Biologik ta`limning uzluksizligi. Biologiya o`qitish metodikasi - pedagogik fan. Biologiya o`qitish metodikasining maqsadi, vazifalari, o`rganish ob`ekti va tadqiqot metodlari, muammolari.