O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maхsus ta`lim vazirligi


Fanning maqsadi va vazifalari



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə2/17
tarix28.11.2023
ölçüsü179,5 Kb.
#168516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
33743 BUM dastur

Fanning maqsadi va vazifalari.
Biologiya o`qitishda metodikasi fanini o`qitishdan maqsad – bo`lajak biologiya o`qitivchilarining metodik tayyorgarligini amalga oshirish, biologiyani o`qitish samaradorligini oshirishga imkon beradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar bilan tanishtirish sanaladi.
Fanning vazifasi: talabalarga uzluksiz ta`lim tizimi oldidagi maqsad va vazifalar, o`qitish metodikasining ilmiy – nazariy masalalari, rivojlanishi tarixi va asosiy muammolari, ta`lim – tarbiya jarayonini zamon talablariga mos holda tashkil etish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish yollari, o`quvchilarda asosiy biologik g`oyalar, tishunch, ko`nikma va malakalarni shakllantirish, ijodiy va mustaqil fikr yuritishni tarkib toptirish, ular ongi va qalbiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish usullari haqida bilimlar berish, talabalarni pedagogik faoliyat uchun zarur bo`lgan metodik bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.
Fan bo`yicha talabalarning bilimi, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar.
Biologiya o`qitishda metodikasi o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • Vatanimizda va jahonning rivojlangan mamlakatlarida tabiyotshunoslikni o`qitish metodikasining rivojlanish bosqichlari va yonalishi, hozirgi zamon uzluksiz ta`lim tizimida biologiya o`quv faninig mazmuni, uzluksiz ta`lim tizimining asosiy prinsiplari, asosiy biologik g`oyalar, tushinchlar, nazariyalar, qonunyatlar;

  • Biologiya DTS mazmuni o`quvchlar bilimi, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar, ularni o`qitish jarayonida amalga oshirish yo`llari;

  • Boilogiyani o`qitish shakllari va vositalari;

  • Biologiyani o`qitishda foydalaniladigan ko`rgazma va didaktik materiallari, o`quvchlarning kuzatish va tajriba qo`yish ishlarining mazmuni, ko`nikma va malakalari;

  • Biologiya o`quv xonasi, tirik tabiat burchagini tashkil etish va jixozlash, maktab tajriba maydoni va ularga olib boriladigan o`quv ishlarining mazmuni va mohiyatini bilishi kerak;

  • Uzluksiz ta`lim tizimi turlardagi biologik ta`lim DTS, o`quv dasturi, darsliklarini tahlil qilish;

  • Biologiya dan o`quv ishlarini rejalashtirish;

  • Biologiyani o`qitishda foydalaniladigan metodlar va ularning tarkibiga kiradigan usullarni bilishi, ko`rgazmali va didaktik tarqatma materiallardan, o`z o`rnida va samarali foydalanish;

  • Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars ishlanmalarini loyihalash va o`tkazish;

  • Biologiyadan sinfdan tashqari mashg`ulotlar scenariylarini loyihalash va o`tkazish yollarini belgilash;

  • O`quvchlarning bilish faoliyatini faollashtirish, tashkil etish va boshqarish ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak;

  • O`quvchlarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning samarali yollarini qo`llash, reyting tizimini amalga oshirish;

  • Biologiyadan o`quvchilar bilan olib boriladigan darsdan tashqari ishlar va mustaqul ta`limni tashkil etish yo`llari;

  • Biologik ekskursiyalarni tashkil etish va scenariylarini tayyorlash;

  • Ilg`or biologiya o`qituvchlarning ish tajribalarini o`rganish va amaliyotga qo`llash;

  • Biologiya o`quv xonasini, tirik tabiat burchagi, maktab tajriba maydonida o`quvchlarning kuzatish va tajribalarini qo`yish bo`yicha ishlarini tashkil etish malakalarga ega bo`lishi kerak.




Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin