O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maхsus ta`lim vazirligi



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə6/17
tarix28.11.2023
ölçüsü179,5 Kb.
#168516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
33743 BUM dastur

O`qitish vositalari

O`qitish vositalarining xillari: tabiiy va tirik ob`ektlar (gerbariy, kolleksiya, chuchelalar, ho`l preparatlar, mikropreparat­lar), tasviriy (jadvallar, sxemalar, xaritalar, mulyajlar, maketlar), ekran vositalari (o`quv vositalari, diapozitivlar, diafilmlar, multimedialar) va ulardan foydalanish yo`llari. O`qitishning texnikaviy vositalari. EHMning ko`rgazmali va nazorat dasturlari, elektron versiyalar va elektron darsliklardan biologiya darslarida foydalanish. Biologiyani o`qitishda multimedia (ovozli, matnli, ovoz-matnli, viziual uch ko`lamli)lardan foydalanishning afzalliklari.


Biologiyadan o`quv ishlarini tashkil etish
Dars - o`quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Biologiya darslarining tiplari va turlari. Ma`ruza, seminar, muammoli, modulli, didaktik-o`yinli, labaratoriya darslari va amaliy mashg`ulotlarning o`ziga xos xususiyatlari. O`quv tarbiyaviy jarayonga tizimli yondashuvning mohiyati. Biologiya darslariga qo`yiladigan metodik talablar.Biologiya o`qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma`naviy-axloqiy sifatlari, g`oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo`yiladigan umumiy talablar. O`qituvchining darsga tayyorgarligi. Dars tiplari va turlarini loyihalash.
Biologiyadan darsdan tashqari ishlar
Darsdan tashqari ishlar-o`quv ishlarini tashkil etishning zaruriy shakli. O`quv dasturiga muvofiq holda tabiatda, tirik tabiat burchagida va maktab tajriba maydonida muayyan darsga mo`ljallangan o`quvchilarning individual va guruhli ishlarini tashkil etish. Uy vazifasi-o`quvchilarning mustaqil tahsilining asosi. O`quvchilarning mustaqil ishi va tahsilini tashkil etishning samarali yo`llari.
Biologik ekskursiyalarni tashkil etish va o`tkazish
Biologik ekskursiyalarning maqsadi, vazifalari, ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rni. O`quv dasturlarida mo`ljallangan ekskursiya­larning mazmuni, tashkil etish va o`tkazish metodikasi. Тabiat, muzey, ko`rgazmalar, qishloq xo`jaligi tarmoqlari, ilmiy-tadqiqot institutlariga ekskursiyalarni tashkil etish va o`tkazish yo`llari. Ekskursiya materiallarini qayta ishlash va biologiya darslarida foydalanish.

Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin