Evtanaziya nima va uning qanday turlari bor?
Operatsiyaga tayyorlashni asosiy tamoyillari. Xirurgik kasalliklar bilan kasallangan bolalarni operatsiyadan oldingi va keyingi davrda parvalishlash
Operatsiyaga bolalarni tayyorlash.Xirurgiya bo’limlarigakeladigan bemorlarni ko’pchiligi operatsiya bo’ladi. Bemor bo’limga yotgandan operatsiya oldi davri boshlanadi va operatsiya riskini kamaytirish, asoratlarni oldini olishga qaratilgan harakatlar bo’ladi. Operatsiyadan oldingi davr mohiyati bo’yicha operatsiyaga tayyorgarlik davri hisoblanadi. Bu davrda har xil a’zo va sitemalarni funksional holati o’rganiladi, operatsiyaga tayyorgarlik o’tkaziladi. Bu davrdagi harakatlar umumiy (hamma operatsiyadan oldin o’tkaziladi) va maxsus (faqat ma’lum operatsiyalardan oldin o’tkaziladi) harakatlarga bo’linadi.