1.26. Siydik hosil qilish va ajratish tizimi kasalliklarida bemorlarni kuzatish va parvarishi qilish
Buyrak va siydik chiqaruv nayi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning parvarishi va nazorati 2 yo’nalishda olib boriladi.
Umumiy chora-tadbirlar – turli a’zolar va tizimlar kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni ko’zdan kechirish va tekshirish: bemorni umumiy ko’zdan kechirish, termometriya, puls va arteriya bosimini tekshirish, harorat varaqasini to’ldirish, bemor shaxsiy gigiyenasi va boshqalar.
Maxsus chora-tadbirlar – siydik ayiruv a’zolari kasalliklardagi simptomlar asosida tekshirish va ko’zdan kechirish: shish, beldagi og’riq, arterial gipertenziya va boshqalar.
Buyrak va siydik yo'llalari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarni kuzatish ehtiyotkorlik va muntazam parvarishlashni talab qiladi. Qachonki bemorning: siydik rangi o'zgarishi, qon bosimining ko’tarilishi, dispeptik buzilishlar sodir bo’lganda, umumiy ahvoli yomonlashganda darhol shifokorga xabar berish kerak bo’ladi.
Buyraklar asosiy vazifasi – ajratish. Buyraklar organizmdan siydik, suvda erigan tuz, metabolizm mahsulotlarini ajratadi (xususan, protein metabolizm mahsulotlari – “azot-qoldig`I” bo'ladi). Bundan tashqari, buyraklar oqsillar, uglevodlar va yog'lar almashinuv jarayonlarida, gemodinamikani tartibga solishda ishtirok etadigan biologik faol moddalar (eritropoietin, renin, prostaglandinlar va boshqalar) ishlab chiqaradi.
Har 5-10 minutda buyraklar orqali tanamizdagi barcha qon oqib o'tadi, sutkada buyraklarda 1000 litr gacha qon aylanadi. Buyrakdagi siydik doimiy asta-sekinlik bilan siydik pufagida to`planadi. Keng ma'noda, «diurez" so’zi siydik shakllanishi va siydik ajratish ma’nosini bildiradi, lekin u ko'pincha siydik chiqishi miqdorini tavsiflash uchun ishlatiladi (yunoncha diureo - siydik ajratmoq). Kun davomida ajratiladigan umumiy siydik miqdori sutkalik diurez deyiladi. Bir daqiqadagi o’rtacha diurez minutlik diurez deyiladi (bu buyrak funksiyasini ifodalaydi). Katta yoshli odamlarda siydik ajratish kundalik miqdori odatda, qabul qilingan suyuqlikning 50-80% ini tashkil qiladi, ya’ni 1000 dan 2000 ml orasida o'zgarib turadi. Suyuqlikning qolgan hajmi teri orqali (300-400 ml / kuniga) o`pka orqali (300-400 mlgacha, jismoniy zo’riqish paytida 500 ml gacha) ajraladi. Ichaklar orqali 100 ml gacha suyuqlik ajraladi. Jismoniy, og`ir ish bajarganda va issiq havoda haddan tashqari terlash, qayt qilish, ich ketishi paytida siydik ajralishi kamayadi va aksincha, ko’p suyuqlik qabul qilinganda siydik ajralishi ko’payadi.
Buyrak va siydik yo'llari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarda turli xil shikoyotlar kuzatiladi. Bunda bel sohasida shish, dizuriya, og'riq, siydik ajralishini buzilishi, qon bosimini oshishi kabi alomatlar nisbatan ko’p kuzatiladi.
Buyrak kasalliklari bilan og’rigan bemorlar parvarishining muhim qismi ajralgan siydikning xususiyatlarini o’zgarganliginikuzatishdir.
Siydikning rangi pigmentlar (uroxrom, urobilin va boshqalar) ga bog’liq bo’lib, odatda och sariq rangdan qizgish-sariq ranggacha o’zgarib turadi. Quyuq siydik achchiqchoy rangida bo’ladi. Siydik rangining ochroq yoki to’q bo’lishi uning nisbiy zichligi va ajratilgan siydik miqdoriga bog’liq ravishda o’zgarib turadi: zichligi yuqori bo’lganda sariq rangda bo’lsa? Nisbatan och tusli siydik nisbiy zichligi past hollarda kuzatiladi.
Siydikning rangi qabul qilingan dorilar va qabul qilinga ovqatlarga bog’liq holda o’zgarib turadi.
Siydikning rangi turli patalogik hollarda ham o’zgaradi. Masalan, qusish, ich ketish, organizmning suvsizlanishi to’q sariq, pollakuriyada siydik suvdek rangsizlanadi. Buyrakdagi tosh siljishida siydik qon hisobiga qizil rangga kiradi, o’tkir nefritda “go’sht yuvindisi “rangli gemzturiyac kuzatiladi.
Gematuriya (grek. Haimatos – qon, top- siydik) siydikda qon yoki eritrotsitlarni paydo bo’lishi.
Hidi. Normada siydik o’tkir bo’lmagan, o’ziga xos hidga ega. Ammiak hidli siydik- siydik yo’llarida yoki havoda peshobga bakterialar tushishida kuzatiladi (o’tkir sistit, o’smaning parchalanishida). Diabetik komada mevali hid (olmali) keton tanachalari hisobiga; sarimsoq qabul qilganda esa siydik darhol o’tkir, yoqimsiz hidli bo’lib qoladi.
Tiniqligi. Normada siydik tiniq, shaffof bo’ladi. Xiralashishi siydikda ko’p miqdorda tuzlarning, yog’ tomchilari, shilliq, bakteriya, hujayra elementlarining mavjudligini bildiradi. Siydik tiniqligi 4 xil bo’ladi: to’liq, noto’liq, qisman xiralashgan, xira. Xiralashgan siydik piyelonefritda, pastki siydik yo’llari infeksiyalarida tuz ajralishida kuzatiladi. Biroz xiralashgan siydik norma ham bo’lishi mumkin.
Bunday bemorlarda, albatta, iste’mol qilinayotgan suyuqlik va ajratilayotgan siydikning miqdorini nazorat qilish lozim. Bemorlar mustaqil tarzda yoki tibbiy xodimlarning yordami bilan sutkalik diurezni aniqlashi sharr va hamshira olingan ma’lumotlarni harorat varaqasiga qayd etishi, sutkalik diurezni ml larda ifodalab yozishi lozim. Qabul qilingan suyuqlikni hisoblashda nafaqat so’rvalar, choy, soklar hisoblanadi, balki, ichilayotgan dori vositalari, qolaversa parenteral kiritilayotgan dori vositalari ham hisoblanadi. Bemordan ajralayotgan siydikning barcha miqdori o’lchamli bankaga yig’ib boriladi va kun oxirida umumlashtiriladi. Shundan keyin qabul qilingan suyuqliklar miqdori va sutkalik diurez ko’rsatkichlari solishtiriladi. Agarda qabul qilingan suyuqlik ajratilgan siydik miqdoridan ortiq bo’lsa, manfiy diurez, aksincha, ajratilgan siydik sutka davomida iste’mol qilingan suyuqlikka teng yoki undan ortiq bo’lsa musbat diurez deyiladi.
Siydik chiqarish buzilishi mavjud bemorlar kata e’tiborga muhtoj hisoblanadi. Bemorlar palatalari iliq bo’lishi kerak, agar, bemorlar soviq qotishsa, ayniqsa, oyoqlari, siydik chiqarish tezlashadi. Enurez kuzatilayotgan bemorlar to’shaklari kleyonkalar bilan qoplanilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Poliuruya kuzatilayotgan bemorlarga maxsus tagliklar (pampers) qo’llashimiz mumkin.
Diurezning o`zgarishi
Bu buyrak va siydik ayiruv yo`llari kasalliklarida eng ko`p kuzatiladigan belgilrdan biri.
Poliuriya (yunoncha polys - ko’p, uron - siydik) sutkalik siydiq miqdori 2000 ml dan oshishi. Quyidagi hollarda kuzatiladi.
Fiziologik - sutkalik suyuqlik iste’moli ortib ketganda, xomiladorlik va kuchli stress xolatlarida.
Shish, ekssudat, transsudatlarning so’rilishida.
O’tkir nefrit va pielonefritda
Qandli diabetda
Surunkali buyrak yetishmovchiligida
Poliuriyada doimiy ravishda chanqoqlik va suvga tashnalik kuchli bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |