O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi



Yüklə 179,16 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü179,16 Kb.
#36408
O‘zbåêisòîn råspubliêàsi îliy và o‘ròà ìàõsus òà’liì vàzirligi


O‘ZBЕКISТОN RЕSPUBLIКАSI

ОLIY VА O‘RТА МАХSUS ТА’LIМ VАZIRLIGI

FАRG‘ОNА DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI



O`ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI

5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari boyicha) ta’lim yonalishi

16.35-guruh talabasi Yakubov S.ning

O`zbekiston tarixi

FANIDAN

« Mustaqillik yillarida Qoraqalpog`iston Respublikasi »

mavzusidagi



MUSTAQIL ISHI

Qabul qildi: R.Bekmirzayev

Fаrg‘оnа shahri – 2019 – 2020 o`quv yili

Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog`iston Respublikasi Reja:

  1. Qoraqalpog`iston Respublikasi haqida

  2. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog‘iston davlatchiligi taraqqiyoti

  3. Foydalanilgan adabiyotlar

Respublikaning o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari, belgi va alomatlari. Boshqa hududlardan farqli jihatlari. Uning qisqacha ta’rifi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining shimoliy-g‘arbida, Amudaryoning quyi, Orol dengizining janubiy qismida joylashgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1932-yil 20-martda tashkil qilingan.

Umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo‘lib, u hududning kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi.

Respublika janubiy-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoli-g‘arbida Ustyurt pasttekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan.

Mintaqa yer maydonlarining 80 foizdan ortig‘ini qum barxanlaridan iborat cho‘l hududlari tashkil qiladi.

Respublika aholisi (2014 yil boshiga) 1 million 736 ming kishidan ziyod bo‘lib, aholining milliy tarkibida o‘zbeklar 38,1 foizni, qoraqalpoqlar 35,7 foizni, qozoqlar 18,2 foizni, turkmanlar 5,1 foizni ruslar 0,7 foizni koreyslar 0,4 foizni, tatarlar 0,3 foizni va boshqada millatlar 1,5 foizni tashkil qiladi.

Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 14 ta tuman, 1 ta shahardan iborat bo‘lib, markazi - Nukus shahri.

Mintaqa Qozog‘iston (990 km) va Turkmaniston (784,1 km) davlatlari, Xorazm (263,2 km), Navoiy (300 km) va Buxoro (66 km) viloyatlari bilan chegaradosh.

Quyi Amudaryoning janubiy qismida, qumli kengliklar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti, uning iqtisodiy, ma’muriy va madaniy markazi bo‘lgan Nukus shahri joylashgan. Jug‘rofiy nuqtai nazardan shahar respublikaning qoq o‘rtasida, turli transport kommunikatsiya tarmoqlari kelib tutashadigan juda qulay manzilda joylashgan. Shaharning tarixan uchta darvozasi sanalmish To‘rtko‘l, Chimboy va Xo‘jayli guzar yo‘llari orqali respublikaning istalgan tumaniga yetib borish mumkin. “Qizketken” va “Qattag‘ar” deb nomlangan katta magistral kanallari shaharning nafaqat shaharning, balki butun respublikaning qon tomirlaridir.

Hududdan halqaro ahamiyatdagi magistral avtomobil yo‘llari va temiryo‘llar o‘tib, bu yo‘llar orqali Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga chiqish imkoniyati mavjud.

Mustaqillik davrida – 1999 yilda Amudaryo uzra Nukus va Xo‘jayli shaharlarini bog‘lab turgan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan temir-beton ko‘prik qurilib, ishga tushirildi.

Nukus – mamlakatimizning zamonaviy va tez rivojlanib borayotgan shaharlaridan biri. Bu yerda milliy va jahon me’morlik madaniyatining ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassam etgan ko‘plab muhtasham ma’muriy, madaniy-maishiy binolar, turarjoylar, tibbiyot, ta’lim va sport maskanlari barpo etilgan. Shaharda yirik sanoat korxonalari, banklar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Yozuvchilar, Kompozitorlar, Arxitektorlar uyushmalari, teatr va muzeylar, kinostudiya, ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muqaddas Vatanimiz – O`zbekiston Respublikasi o`zining 27 yillik mustaqil rivojlanish yillarida asrlarga teng yo`lni bosib o`tdi. Tarixan qisqa bu davrda shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimiz qiyofasi, jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar butunlay o`zgardi. Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida barqaror o`sish sur`atlari kuzatilmoqda. Eng muhimi, xalqimiz qalbida o`z yurtiga egalik hissi, shu ulug` Vatanning bugungi va ertangi kuni uchun mas`uliyat va daxldorlik tuyg`usi ortib, uning ongu tafakkuri va dunyoqarashi yuksalib bormoqda.

Mustaqillik yillari butun mamlakatimizga, har bir hudud va mintaqaga bunyodkorlik va yangilanishlar boshlab kelganining tasdig`ini O`zbekistonimizning shimoliy qismida joylashgan Qoraqalpog`iston Respublikasi misolida ham yaqqol ko`rish mumkin.

Ma`lumki, saxovatli va betakror qoraqalpoq diyori mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojida alohida o`rin tutadi. Bu haqda so`z yuritganda, Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimovning “Qoraqalpoq xalqi doimo yurtimizning tayanch tog`laridan hisoblangan” degan so`zlarini esga olish o`rinlidir.

Shuning uchun ham mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog`istonning rivojlanishiga ham ulkan e`tibor berilmoqda. Aynan ana shunday e`tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargacha har tomonlama o`zgarib, rivojlanib bormoqda. Bunda, ayniqsa, davlatimiz rahbari Shavkat Miromoniovich Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki, bu dasturlar respublikani asrlar davomidagi oddiy agrar o`lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, transport-kommunikatsiya tarmoqlari, yuksak malakali kadrlarga ega bo`lgan qudratli mintaqaga aylantirishni nazarda tutadi.

Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi natijasida qoraqalpoq zamini bugungi kunda tanib bo`lmas darajada o`zgarib, yildan-yilga chiroy ochib, barqaror sur`atlarda rivojlanib borayotgan diyorga aylandi.

Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog`iga etib bo`lmaydi. O`rta Osiyoda yagona bo`lgan, sahro bag`ridagi mo``jiza deb nom olgan Qo`ng`irot soda zavodi, Ustyurt gaz-ximiya kompleksi, Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, «Lanextrakt» qospa kәrxanasы,  «Nukus Med Tex» MChJ,  «Tөrtkүl shiyshe ыdыslarы» MChJ, Xo`jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo`shma korxonasi, Qo`ng`irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel` zavodlari, O`rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob`ektlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yo`li, Nukus bilan Xo`jaylini bog`laydigan ulkan ko`prik, Qo`ng`irot avtomobil` yo`li, o`nlab umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san`at maktablari singari ko`plab inshootlar – bularning barchasi istiqlol mevasidir.

Milliy avtomagistral qurilishida ro`y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu yo`lning Nukus shahriga kiraverishida yangi ko`prik va chorraha yo`lning qurilishidir.

Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimiz kerak, Muhtaram Birinshchi Prezidentimizning tashabbusi bilan tamal toshi qo`yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyo xalqlari e`tiborini jalb etmoqda.

Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, o`z tarixi, madaniy merosi, milliy an`ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, o`zligini anglash imkoniga ega bo`ldi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekistonning shimoliy-g`arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g`arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g`arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog`istonning umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo`lib, u hududining kattaligi jihatdan O`zbekiston Respublikasi viloyatlari o`rtasida birinchi o`rinda turadi. Respublika aholisi 2018 yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir.

Respublikaning ma`muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Qonliko`l, Mo`ynoq, Nukus, Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli, Taxiyotosh, Chimboy, Sho`manoy, Ellikqal`a tumanlari va Nukus shahridir.

Qoraqalpog`iston O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega bo`lgan suveren respublikadir. Qoraqalpog`iston o`z Konstitutsiyasi, bayrog`i, gerbi va gimniga ega. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Respublikada umumiy rahbarlik Jo`qorg`i Kenges Raisi – Qoraqalpog`iston Respublikasi parlamenti Raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengashining Raisi, Raisning o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalari raislari, yirik kontsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi o`z vazifasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog`iston Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi.

XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o‘zgarishlar yuz berdi. 1924-yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo‘jayli hamda Qo‘ng‘irot tumanlari hududida Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.

Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o‘z taqdirlarini O‘zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o‘z tanlagan yo‘lining istiqbolli ekanligini ko‘rsata oldi. SSSR tarqalib ketganidan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo‘yi kengliklarida qadimiy o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O‘zlarining mushtarak taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tishdi.

Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqiqiy og‘a-inichilik fazilatlarini ko‘rsatdilar, o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma’naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o‘zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh bo‘lgan har ikki millat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan an’analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.

O‘zbekiston tarkibida o‘tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Madaniy va ma’naviy ravnaq, san’at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o‘zbek xalqining beg‘araz yordami, og‘alarcha ko‘magi bilan dunyoga keldi.

Qardoshlik va yaqin qo‘shnichilik singari yuksak insoniy fazilatlar asrlar sinovidan o‘tib, og‘ir kunlarda eng ishonchli qurol bo‘lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi ma’muriy-buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliysiyosat, «ulug‘ og‘a»larga xos soxta va yuzaki «millatparvarlik» bu makon xalqlarining munosabatlariga rahna sololmadi.

Qoraqalpoq va o‘zbek xalqi bir necha o‘n yilliklar mobaynida to‘planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o‘z an’analaridan unumli foydalanish yo‘lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin ko‘rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy o‘zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do‘stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar, balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug‘ og‘a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti, ittifoqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham Qoraqalpog‘istondan bo‘lmagan, uning xalqi hayoti bilan tanishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.

Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bo‘lgan e’tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog‘iston sobiq ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bo‘lgan o‘lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar to‘plandi.

Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolar paydo bo‘ldi. To‘planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo‘l tanlandi: yagona zamin, yagona makon birlashtirib turgan, umumiy taqdirini mushtarak etgan O‘zbek va Qoraqalpoq xalqlari o‘z taqdirlarini abadiy birlikda ko‘rishdi.

Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka o‘zbek xalqi ko‘magida erishdi va o‘zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekam-u ko‘st amalga oshadigan bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston jamoatchiligining O‘zbekiston tarkibida davlat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bo‘lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining IV sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy maqomiga ega bo‘ldi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi to‘la e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikkitomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlanishi ko‘rsatib berildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70–75-moddalar) o‘z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek (70-modda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi. Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O‘zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida uning huquqiy vakilligi mavjud. 86-moddada mustahkamlab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Каримов И.А. “Юксак маънавият - енгилмас куч”. -Т.: Маънавият, 2008. 113-б.

  2. Градов А.П. Национальная экономика. 2-е изд. -СПб.:Питер, 2007.- С.120-124.

  3. Конотопов М.В. и др. История и философия экономики: пособие для аспирантов/под ред.д- ра экон.наук,проф.М.В.Конотопова.-2-е изд.,стер. -М.: КНОРУС, 2008.- С.523.

  4. Портер Е. Майкл. Конкурентная стратегия: Методика анализа отраслей и конкурентов. Пер. С анг. - М.: Алпина Бизнес Букс, 2005.- С.37-38

  5. Куронов М. Маънавий тахдидларга карши курашнинг илмий-услубий хамда гоявий- мафкуравий асослари// “Маънавий тахдидлар ва уларга карши курашишнинг илмий-услубий хамда маънавий-мафкуравий асослари” мавзуидаги Республика илмий-назарий конференция материаллари. -Т.: ТИУНМБ, 2010. 3-4 бетлар.

  6. Алиев А. Маҳмудхўжа Бехбудий. –Т.: Ёзувчи, 1994.

  7. Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. – Т.: Маънавият, 2000

  8. Жадидчилик: ислоҳот, янгиланиш, мустақиллик ва тараққиёт учун кураш. –Т.: 1999.



Yüklə 179,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin