O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Fosfatli xomashyolarni boyitish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə21/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Fosfatli xomashyolarni boyitish.

Fosfatli rudalardan tarkibida fosfor tutgan minerallarni va qo‘shimcha jinslarni maksimal darajada ajratish uchun ular ham birlamchi qayta ishlanadi (masalan, elanadi va yuviladi), ham asosiy flotatsiyalashda – ikkilamchi boyitiladi.



Donador toshsimon rudalarda turli miqdordagi fosfatli moddalar tutgan turlicha kattalikdagi donachalar tuproq, qum kabi qo‘shimcha jinslar bilan aralashgan holda bo‘ladi. Tuproq va qum singari qo‘shimcha mayda jinslar elash yoki yuvish orqali ajratiladi. Bunda oz miqdordagi fosfatli moddalar tutgan 0,5 mm dan mayda zarrachalar ajratiladi. Qolgan material tarkibida 22-25% gacha P2O5 bo‘ladi. Ko‘p hollarda qoldiq sinflar bo‘yicha ajratiladi va fosfat miqdori eng ko‘p bo‘lgan mahsulotning u yoki bu (masalan, +10 yoki –25+1 mm li sinfdagi) fraksiyasi olinadi. Bu rudaning donadorlik tarkibi yoki ulardagi P2O5 va qo‘shimchalar miqdori bo‘yicha farqlanadigan bir nechta fraksiyalari (konsentratlar) ga bog‘liqdir. Xuddi shunday tarzda chig‘anoqli fosforit rudalari birlamchi boyitiladi. Masalan, tarkibida hammasi bo‘lib 5-10% P2O5 bo‘lgan past navli Maardu rudasini ezish va maydalash – asosiy minerallarning amaliy klassifikatsiyasi, tarkibida 26-27% P2O5, bo‘lgan –0,5 + 0,25 mm li va tarkibida 25-25,5% P2O5, bo‘lgan –0,074 mm li fraksiyalarda fosfatlarning to‘planishi bilan sodir bo‘ladi.
Apatit-nefelinli ruda va qatlamli fosforit (masalan, Qoratog‘) rudasi ham turli darajadagi yiriklikdagi zarrachalarda fosfat minerallarining har xil tarkibda bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Apatit-nefelinli rudani tanlab maydalanishi va 1 mm li elakda elanishi natijasida tarkibida 36-37% P2O5 bo‘lgan konsentrat olinadi. Ammo bunda P2O5ning konsentratga ajratib olish darajasi 50% dan oshmaydi. Birlamchi konsentratlar yoki yuvilgan fosforitlar ishlab chiqarishda yoki flotatsiyalash yo‘li bilan ikkilamchi boyitishdan oldin rudani dastlabki ajratishda fosforitli rudalarni birlamchi quruq yoki ho‘lboyitiladi. AQSHda tarkibida – 15% P2O5 tutgan Florida fosforit rudalari ho‘l elash va gidroseparatsiyalash orqali uchta sinfga ajratiladi. Tarkibida 30-40% P2O5 tutgan –1,3-1,4 mm o‘lchamli zarrachalardan iborat yirik fraksiya va tarkibida 34-35% P2O5 tutgan 0,25-1,3 mm zarrachali o‘rta fraksiya mahsulot sifatida olinadi. Qo‘shimchalarning asosiy massasi to‘plangan 0,25 mm dan kichik bo‘lgan mayda fraksiya flotatsiyali boyitiladi va tarkibida 34-35% P2O5 tutgan konsentrat olinadi. Bunda rudadagi 65-70% gina P2O5 mahsulotga ajratib olinadi, qolganfosfatlarning uchdan bir qismi quyqum va chiqindilar shaklida yo‘qotiladi.
Yuqori konsentratsiyali Tenessi koni rudalari to‘g‘ridan to‘g‘ri boyitilmasdan ishlatiladi, past navli rudalar esa navlarga ajratish va yuvish orqali boyitiladi. Respublikamizda Qizilqum fosforit konsentratlari va Qozog‘iston Respublikasidan olinadigan Qoratog‘ fosforit konsentratlari ishlatiladi. MDH mamlakatlarida Xibin apatit konsentratlari; Qoratog‘, Yegorev va Kingisepp flotatsiyali fosforit konsentratlari; Vyatsk, Yegorev, Aktyubinsk, Maardu, Kursk va Bryansk yuvilgan fosforitlari hamda birlamchi fosforit konsentratlari va boshqalar ishlatiladi. Har bir fosforit rudasini boyitish tarkibidagi qo‘shimchalar va fosfatlarni ajratib olish darajasiga muvofiq holda o‘ziga xos xususiyatga ega. Yuqori sifatli rudani quruq maydalash yo‘li bilan ham, quyi navli (P2O5 kam bo‘lgan) fosforitli rudani boyitish orqali ham kislotali qayta ishlash uchun fosfatli xomashyo ishlab chiqariladi. Bunda hattoki fosforit tarkibida 23,3% P2O5 va 3,6% MgO bo‘lganda ham mavjud boyitish usullari orqali tarkibida 27,9% P2O5 va 2,45% MgO bo‘lgan flotatsiyali konsentrat olinadi. Bundan tashqari, fosforitlarni boyitish – ma’lum miqdordagi xomashyo yo‘qotilishi bilan bog‘liq qimmatbaho jarayondir.
Flotatsiyali konsentratdagi 1 t P2O5 ning tannarxi boshlang‘ich rudani quruq maydalashdan olinadigan fosforit uniga nisbatan 2,5-3 marta qimmatdir. Flotatsiyalashda boyitiladigan rudadan P2O5 ning mahsulotga ajralish darajasi 63-65% ni tashkil etadi, ya’ni boyitish jarayonida 35% fosfatli modda yo‘qotiladi. Boyitish fabrikasining tarkibida 16-18% P2O5 va 4-6% MgO tutgan chiqindisidan amalda foydalanilmaydi. Temir rudali fosforitlarni boyitish uchun magnitli separatorlardan foydalaniladi.
Fosforitlarni boyitishda ularga termik ishlov berish usuli ham ishlatiladi. Bunda fosforitlar 400-800 0C da aylanuvchi barabanli yoki qaynovchi qatlamli pechlarda ishlov berilishi natijasida undagi karbonatlar parchalanadi, fosforit zarrachalarining strukturasi qisman o‘zgaradi, bu esa ularning keyingi kislotali ishlov berilishida o‘z samarasini beradi.
Fosforitlarni kimyoviy boyitishda ko‘p miqdordagi kislota sarf bo‘lishi, suyultirilgan va tashlab yuboriladigan eritmalar hosil bo‘lishi va ma’lum miqdordagi fosfatli moddalarning eritmaga o‘tishi hisobiga yo‘qotilishi sababli amalda joriy etilmagan. Lekin, fosforitlarni qisman parchalash va flotatsiyali boyitish orqali quyi navli fosforitlarni dastlabki kimyoviy qayta ishlash iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.
Karbonatlarni yo‘qotish maqsadida kimyoviy boyitish qo‘llanilishi mumkin.



    1. Yüklə 1,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin