O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Fosfatli xomashyolarni boyitish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə19/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Fosfatli xomashyolarni boyitish.


  • O‘zbekiston fosforitlarining tavsifi.



      1. Fosfatli minerallarning fizik-xosalari i va tabiatda uchrashi


    Fosfatli minerallar. Tabiatda 120 dan ortiq turdagi fosfatli minerallar uchraydi. Apatit guruhidagi minerallar, ulardan eng asosiysi – ftorapatit Ca5F(PO4)3 eng eng tarqalgan va sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan mineralhisoblanadi.
    Apatitning fosfatli guruhlariga yoki apatitlarga Ca10P2(PO4)6 umumiy formulaga ega bo‘lgan 42 zarrachadan iborat bo‘lgan elementar kristall yacheykali minerallar kiradi (bu yerda R – ftor, xlor yoki gidroksil). Apatitdagi kalsiyning bir qismi Ba, Mg, Mn, Fe, shuningdek, uch valentli nodir elementlarning ishqoriy metallar bilan birgalikdagi atomlari bilan almashgan holatda bo‘ladi. Apatitning kristall panjarasida kalsiyga nisbatan katta atom massaga ega bo‘lgan kationlarning kirishi mineraldagi P2O5 miqdorining, masalan ftorapatitdagiga Ca5F(PO4)3 nisbatan kamayishiga olib keladi. Masalan, mineralda o‘rtacha 2,7% SrO va 1,5% nodir elementlar oksidlarining yig‘indisi bo‘lsa (nodir elementlarningo‘rtacha atom massasi 160), undagi P2O5 miqdori toza apatitdagi 42,2%o‘rniga 40,7% bo‘ladi. Boshqa apatit minerallari – ftorning o‘rnini OH yoki xlor olishi yoxud fosfor o‘rnini uglerod olishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar sifatida qaralishi mumkin. Shunday minerallar ham borki, unda ularda fosforning bir qismi kremniy va oltingugurt bilan almashgan bo‘ladi.
    Fizik xossalari. Fosfatli minerallarning fizik xossasi kristall panjarada hosil bo‘luvchi ionlar zaryadining kattaligi va ular tuzilishining ixchamligi bilan aniqlanadi. Ftorapatit o‘zining tuzilishiga ko‘ra, ikki molekula Ca5(PO4)3F dan iborat fazoviy guruhga egadir. Bunday tuzilish ftorapatit
    molekulasining termodinamik mustahkamligi bilan izohlanadi. Ftorapatit kristall panjarasining energiyasi – 5300kkal/molga tengdir, ftorapatit kristallarining solishtirma sirt energiyasi – 1520 erg/sm2 (NaC1 uchun 160 erg/sm2) ni tashkil etadi. Ftorapatit fazoviy tuzilishining bunday ifodalanishi ftorning asosiy valentlikdan tashqari qo‘shimcha valentlikni ham namoyon etishini ko‘rsatadi. Shunday qilib, ftorapatitni markaziy atomi ftor bo‘lgan ichki kompleks tuz deb qaralishi mumkin.
    Apatitning turli izomorf ko‘rinishlari geksagonal singoniyali kristallari bor. Ftorapatit yashil, sarg‘ish-yashil rangda, qisman ko‘k, pushti yoki safsar ranglar aralashgan yarim shaffof donachalar hosil qiladi. U 16600C haroratda (xlorapatit esa 15300C haroratda) suyuqlanadi. Apatitning zichligi 3,41-3,68 g/sm3 oralig‘ida bo‘ladi, qattiqligi esa Moos darajasi bo‘yicha 5 ga tengdir.
    Apatit suvda va 2% li limon kislota eritmasida amalda erimaydi, mineral kislotalarda parchalanadi. 3 mm o‘lchamli yirik donachalar shaklidagi karbonatli ko‘rinishlari – kurskit, frankolit va karbonatapatit 3% li HCl eritmasida 1 soat mobaynida deyarli to‘la eriydi.
    Ftorapatitni suv bug‘i ishtirokida 1400-15500C haroratgacha qizdirilganda gidroksilapatitga, u esa tetrakalsiyfosfat 4CaO∙P2O5 (limon kislotada eriydi) va trikalsiyfosfat Ca3(PO4)2 ga aylanadi. Trikalsiyfosfat



    Yüklə 1,26 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   192




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin