O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


O’git donachalarniig mustaxkamligi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə15/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

4.3. O’git donachalarniig mustaxkamligi.
Donachalarning mustaxkamligi o‘g‘itlarni tashish, saqlash va tuproqqa solishdagi donadorlik darajasining saqlanishidir. U namlikka, kristallarning joylashish ulchami, shakli va zichligiga, boshqa yuzalarga ishqalanish tabiatiga va xokazolarga borliqdir. Donachalarning mustaxkamligi dinamik mustaxkamlik ishqalanishga mustaxkamligi R va statik mustaxkamlik r(. bilan tavsiflanadi. Dinamik mustaxkamlik ma’lum balandlikdan tashlanganda donachalarning maydalanishi soni bilan; donachalarning ishqalanishga mustaxkamligi — ishqalanishi tekshirilganda xosil bo‘ladigan kukun ulushi bilan tavsiflanadi. Statik mustaxkamligi ularni bir tekislik bo‘yicha kisishdagi mustaxkamlik chegarasi bilan tavsiflanadi.

Tabiiy og‘ish burchagi. Sepiluvchi materialning to‘kilishi natijasida to‘plamning gorizontal yuza bilan xosil qiladigan burchagi tabiiy og‘ish burchagi deyiladi.
Namlik sig‘imi. Namlik sig‘imining chegarasi o‘g‘itning ekish agregatlaridan bir tekisda tushishini ta’minlannishdagi maksimal namlik bilan tavsiflanadi. O‘g‘itlarning sorbsiyali namlik sig‘imi o‘g‘itning belgilangan namlik va xaroratdagi xavodan yutadigan maksimal namligi bilan aniklanadi. «Buferli» namlik sig‘imi o‘g‘itning yoyilish xususiyatini yomonlashtirmagan xolda standart o‘g‘itga qo‘shiladigan namlik orqali aniqlanadi.
Tukma zichlik. To‘kma zichlik — sochiluvchan moddaning xajm birligidagi massasidir, birligi t/m3 bilan aniqlanadi. U — modda zichligi, zarrachalar ulchami, fraksiyali tarkibi, namligi va yotqizilgan qatlamlar bosimining funksiyasi xisoblanadi. Massa birligidagi xajm (U) — to‘qma zichlikning teskari qiymatidir:
U = 1/X

Tayanch suzlar

Gigroskopiklik, yopishqoqlik, elanish, og‘ish burchagi, namlik sig‘imi, to’kma zichlik, diammoniyfosfat, poliammofos, nitrofoska, dinamik, mustaxkamlik, sepiluvchanlig.


Nazorat savollari va topshiriqlar
  1. Mineral o’g’itlarning assortimentini sanab o’ting


  2. Mineral o’g’itlarning gigroskopiklikini tushuntiring


  3. Mineral o’g’itlarning Yopishqoqlikni tushuntiring


  4. Mineral o’g’itlarning Elanishni tushuntiring


  5. Donachalarniig mustaxkamligi haqida ma’lumot bering


  6. O‘g‘itlarning muhim sifat ko‘rsatkichi nima





Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin