O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Kompleks o‘g‘itlar ularni ishlab chiqarish xususiyatiga ko‘ra guruhlanishi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə12/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Kompleks o‘g‘itlar ularni ishlab chiqarish xususiyatiga ko‘ra guruhlanishi



  • aralash o‘g‘itlar turli kukunsimon yoki donadorlangan tayyor o‘g‘itlarni mexanik usulda aralashtirish yo‘li bilan olinadi;


  • murakkab-aralash donadorlangan o‘g‘itlar aralashtirish jarayonida kukunsimon tayyor o‘g‘itlarni suyuq reagentlar (ammiakli suv, fosfat yoki sulfat kislota va boshqalar) qo‘shish bilan aralashtirilish orqali olinadi;


  • murakkab o‘g‘itlar yagona texnologik jarayonda xomashyoni qayta ishlash orqali olinadi.

Ta’sir etuvchi moddalarning konsentratsiyasi bo‘yicha o‘g‘itlar shartli ravishda quyi konsentratsiyali (oddiy), tarkibida 20-25% gacha, konsentrlangan – 30-38%, yuqori konsentratsiyali – 60% dan ko‘p va ultra konsentrlangan – 100% ta’sir etuvchi komponentli turlarga bo‘linadi.


Bilvosita foydalaniladigan o‘g‘itlar – o‘g‘itlardan foydalanish sharoitini yaxshilash maqsadida tuproqqa kimyoviy, fizik va mikrobiologik ta’sir etish uchun qo‘llaniladi, masalan, tuproq kislotaliligini neytrallash uchun maydalangan ohaktosh, dolomit yoki so‘ndirilgan ohak qo‘llaniladi, sho‘rxok tuproqlar melioratsiyasi uchun gips ishlatiladi, shu bilan bir vaqtda u kalsiy manbai hisoblanadi, tuproq kislotaliligini (fosforli o‘g‘it bilan solinadigan fosfor birikmalarining eruvchanligini oshirish maqsadida) oshirish uchun natriy bisulfit ishlatiladi.
O‘g‘itlar fiziologik kislotali, fiziologik ishqoriy va fiziologik neytral turlariga bo‘linadi. Fiziologik kislotali o‘g‘itlarga o‘simliklar asosan
kationlarni o‘zlashtiradigan o‘g‘itlar kiradi, anionlar esa tuproq eritmasini kislotaliligini oshiradi, masalan, ammoniy sulfat, ammoniy nitrat, kaliy xlorid, kaliy sulfat va boshqalar. Fiziologik kislotali o‘g‘itlarga ammoniyli azotli o‘g‘itlar, shuningdek karbamid ham kirishi mumkin. Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar ta’sirida ammiak nitrat kislotagacha oksidlanishi natijasida tuproq kislotaliligi ortadi.
Fiziologik ishqoriy o‘g‘itlarga anioni o‘simliklarga assimilyatsiyalanadigan o‘g‘itlar kiradi, ulardagi kation esa tuproq muhitini ishqorlashtirgan holda to‘planadi. Masalan, bunday o‘g‘itlarga natriy, kaliy va kalsiy nitratlari kiradi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin