O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Fosforli o‘g‘itlarning turlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə11/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Fosforli o‘g‘itlarning turlari.

Eruvchanligi va o‘simliklarga o‘zlashishi jihatdan fosforli o‘g‘itlar uchta guruhga bo‘linadi:



  1. suvda eruvchan, ulardagi fosforli birikmalarning asosiy qismi suvda eriydi, shu sababli o‘simliklarga oson o‘zlashadi, bunday o‘g‘itlar tarkibiga superfosfat, qo‘shaloq superfosfatlar, shuningdek, murakkab o‘g‘itlar – ammofos, nitroammofos, nitroammofoska, nitrofoska, karboammofoska va boshqalar kiradi;


  2. sitratli eruvchan, ularga tarkibida limon kislota ammoniyli tuzining ammiakli eritmasi (ammoniy sitrat) da eriydigan fosfor birikmalari tutgan o‘g‘itlar kiradi (ammoniy sitrat eritmasining muhiti tuproq eritmasi muhitiga yaqin bo‘lganligi uchun bunday o‘g‘itlarni o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi), sitratli eruvchan o‘g‘itlarga presipitat (dikalsiyfosfat) kabi o‘g‘itlar kiradi;


  3. limonli eruvchan, bunday o‘g‘itlar suvda va ammoniy sitrat eritmasida erimaydi, ammo limon kislotasining 2% li eritmasida eriydi, ularga ftorsizlangan fosfatlar, tomasshlak, qisman fosforit uni (mayda fraksiyasi) kiradi; kam eruvchanligiga qaramay, bunday o‘g‘itlar kislotali tuproqlarda yaxshi samara beradi, bunday o‘g‘itlardagi fosfor birikmalari sekinlik bilan (hattoki yillab) tuproq eritmasiga o‘tadi va o‘simliklarga o‘zlashadi, shuning uchun ular sekin ta’sir etuvchi o‘g‘itlar deb ham ataladi.




Kaliyli o‘g‘itlar konsentrlangan (kaliy xlorid, kaliy sulfat, kalimagneziya va boshqa) va yetilmagan tuzlar (silvinit, kainit) turlariga bo‘linadi. Suvda erimaydigan minerallar (nefelin, dala shpati) to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘g‘it sifatida foydalanilmaydi, ular kaliyli o‘g‘itlar olish uchun xomashyo vazifasini o‘taydi. Masalan, nefelindan kaliy sulfat olinadi.
Mikroo‘g‘itlar – kam me’yorda (gektariga gramm va kilogrammlarda) qo‘llaniladigan o‘g‘itlar hisoblanadi. Tarkibida mikroelementlar tutgan – borat kislota, mis(II)-sulfat, ammoniy molibdat va boshqa texnik tuzlar ishlatiladi. Kolchedan kuyundisi, marganesli quyqum (shlam), cho‘ktirilgan magniy borat va boshqa mikroelementli chiqindilar suvda erimaydi. Ular suvda eriydigan holatga qayta ishlanadi yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Qishloq xo‘jaligida ham suvda eriydigan, ham suvda erimaydigan mikroo‘g‘itlar ishlatiladi.
Kompleks o‘g‘itlar – tarkibida kamida ikkita ozuqa elementini tutgan o‘g‘itlar hisoblanadi. Ikkilamchi kompleks o‘g‘itlar (masalan, azot- fosforli, azot-kaliyli, fosfor-kaliyli) va uchlamchi kompleks o‘g‘itlar (masalan, azot-fosfor-kaliyli) turlarga bo‘linadi. Uchlamchi o‘g‘itlar to‘la tarkibli o‘g‘itlar deyiladi. Kompleks o‘g‘itlar tarkibida, shuningdek, mikroelementlar, pestitsid va o‘stiruvchi moddalar qo‘shimchalari bo‘lishi mumkin.




    1. Yüklə 1,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin