O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Texnologiyada qo‘llaniladigan usullar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə7/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Texnologiyada qo‘llaniladigan usullar.

  1. Kuydirish jarayonida temperaturani ko'tarish.


Bu tadbir texnologiyada asosiy hisoblanadi, chunki temperatura kimyoviy reaksiyani va diffuziya jarayonini jadallashtiradi. Tempe- raturaning ko'tarilishi kimyoviy reaksiyaning tezligini oshirsa ham, uning salbiy tomonlari ham bor. Yuqori temperatura pechlarning futerovkasini yemirishi mumkin, mahsulot erib, futerovkaga yopishib haiqalar hosil qilishi mumkin. Shu sababli har bir jarayon uchun maqbul temperatura qabul qilinadi.




  1. Qattiq moddalar aralashmasini maydalash va tarkibini hir xillashtirish.

Bu tadbir ham ma'lum darajada kimyoviy reaksiyaning tezligini oshiradi, chunki maydalangan davrda zarrachalar soni ko'payadi, ularning sirti bir qancha marta oshadi. jYlasalan 1 sm3 hajmga ega bo'lgan (kub shaklida) ruda 6 smJ sirtga ega, agarda uni 1 mm3 qadar maydalansa sirti 60 sm2 ga teng bo'ladi, un holatigacha maydalansa 800 sm! ga qadar sirtini oshirish mumkin. Qancha zarrachalar mayda bo‘lsa, shuncha kimyoviy reaksiya tezligi yuqori bo'ladi. Shuning uchun xomashyoni maydalash texnologiyasida reaksiya tezligini oshi- rishda asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi. Ammo o‘ta maydalash va temperaturani oshirish turli salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, o‘ta mayda material tezda erib yopishqoq mahsulotlar hosil qilishi, chang holatda gaz bilan chiqib yo'qolishi mumkin. Reaksiya gaz hosil qilish bilan ketsa, gaz mayda material orqali o‘tishi qiyin- lashib, gidravlik qarshilik ko'payadi. Shu sababli maydalash darajasi har bir jarayon uchun konkret maqbul qiymatda qabu! qilinadi.




  1. Kuydirish jarayonida reagentlardan birini gaz yoki suyuq holat- ga keltirish.

Yuqorida aytilganidek bu holatda reaksiyada sirt bir necha barobar oshib, diffuziya jarayoni tezlashib, kimyoviy reaksiya past tempera- turada ham tezlashishi mumkin. Bu holat pechlarni qizdirish zonasini qisqartirish, energiyani sarfini kamayishiga olib keladi. Reagent ara- lashmadagi birortasini suyuqlanish temperaturasidan past tempera- turada suyultirish mumkin, uning uchun aralashmalarga minerali- zatorlar qo‘shiladi. Qo‘shimchaIar yordamida eruvchan-evtetik ara- lashmalar hosil qilinadi. Masalan, fosfaritni termik usul bilan olishda unga qum qo'shiladi. SiO, ajralgan kalsiy oksidini bog'lab yengil eruvchan silikatlar toshqollarini hosil qiladi.





  1. Yüklə 1,26 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin