O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Tuproqga mineral o‘g‘itlar solishning zaruryati



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə4/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

1.3. Tuproqga mineral o‘g‘itlar solishning zaruryati
Kimyolashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, melioratsiya ishlari va tuproqning unumdorligini oshirish borasidagi boshqa tadbirlar qishloq ho‘jaligini yuksaltirishdagi asosiy yunalishlardan hisoblanadi.

Qishloq ho‘jaligini izchil va xar tomonlama intesivlashda kimyolashtirish aloxida axamiyat kasb etadi. Kimyolashtirish o‘g‘itlar, o‘simliklarni muxofaza qilishning kimyoviy vositalari, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlardan foydalanishdan iborat.


O‘simlik o‘sish davrida ba’zi elementlarni xavodan barg orqali, ba’zilarini tuproqdan oladi.
O‘simliklar tarkibiga 70 dan ortik kimyoviy elementlar kiradi. Ulardan 16 tasi:
orgonogenlar deb ataladigan - uglerod, kislorod, vodorod, azot; zolli elementlar deb ataladigan - fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va oltingugurt; mikroelementlar deb ataladigan - bor, molibden, mis, rux, kobalt, marganets va temir o‘simliklarning xaet faoliyati davomida muxim ahamiyatga egadir. Bir element urnini boshqasi bosa olmaydi, chunki ularning xar bir o‘simliklarda uziga xos funksiyalarni bajaradi. O‘simliklar va tuproq tarkibiga boshqa elementlar xam, masalan, kremniy, natriy, xlor va boshqalar kirishi mumkin. Ammo bu yoki boshqa elementlarning bo‘lishi o‘simliklar xayoti uchun muxim axamiya kasb etmaydi. YAshil o‘simliklarga atmosferadan keluvchi asosiy elementlar uglerod, kislorod va vodorod xisoblanadi. Bu elementlarning ulushi o‘simlikning quruk. massasiga nisbatan 93,5% ni tashkil etadi, shu jumladan uglerodga — 45%, kislorodga — 42% va vodorodga — 6,5% to‘g‘ri keladi.
O‘simlikning me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun uni etarli miqdordagi ozuqa moddalari bilan ta’minlanishi kerak. O‘simliklar uchun azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir asosiy ozuqa moddalari xisoblanadi. O‘simliklardagi bu elementlar mikdori yuzdan bir ulush foizdan bir necha foizgacha bo‘ladi va makroelementlar deyiladi. O‘simliklarga bulardan tashqari, bor, molibden, mis, marganets, rux va boshqa shular kabi bir kator o‘simlik va tuproqda mingdan bir ulush foizda bo‘ladigan moddalar zarurdir. Ularni mikroelementlar deyiladi.
O‘simliklarning xayotiy faoliyatida uglerod, kislorod va vodoroddan keyin azot fosfor va kaliy xam muxim axamiyatga egadir. Bunday elementlar to‘tgan o‘simliklarning ozuqa maxsulotlari kishlok xujaligida asosiy mineral o‘g‘itlar nomi bilan yuritiladi.
Fosfor, azot va kaliy o‘simlik uchun eng zarur ozuqa moddalardir. O‘simlik bu elementlarni tuproqdan oladi, tuproqda bu moddalar mikdori yildan-yilga kamayib, tuproqning unumdorligi pasayib boradi, bu ekinning xosildorligiga salbiy ta’sir etadi. Tuproqning unumdorligini oshirish uchun erni etarli darajada o‘g‘itlanishi kerak.
Gung - organik o‘g‘itlardan eng foydaligi hisoblanadi. Gung tarkibida uning har tonNaClda 5 kg azot, 2,5 kg fosfat angidrid va 6 kg kaliy oksid bo‘ladi. Tuproqni ozuqa moddalari bilan etarlicha ta’minlashi uchun gektariga 20 t dan 40 t gacha gung solinishi lozim. Organik o‘g‘itlar qishloq ho‘jaligining kun sayin usib borayotgan talabini qondira olmaydi, chunki gung va boshqa organik o‘g‘itlar tarkibidagi ozuqa moddalari mineral o‘g‘itlar dagiga nisbatan bir necha barobar kamdir. Masalai, 1 t gung tarkibida 5 kg azot bo‘lsa, 1 t ammiakli selitrada 350 kg azot bo‘ladi.
Lekin, mineral o‘g‘itlarni bilgan xolda, me’yorida ishlatilishi kerak. Tuproqni o‘g‘itlashtirishning uzigina xosildorlikni oshirishning yagona sharti bo‘lib xisoblanmaydi. Buning uchun tuproqning sifatini yaxshilanishi, ekinni belgilangan vaqtda sug‘orilishi, turli kasallik va zararkunandalarga qarshi qurashish lozimdir.
Tuproqdan xosil bilan chiqib ketadigan ta’sir etuvchi moddalar. (kg/ga)


Ta’sir etuvchi moddalar


xosildorlik


Qishki bug‘doy 30 s/ga


SHakar lavlagi 270 s/ga


Jo‘xori ko‘k poyasi


600s/ga

N

112

166

150

P2O5


39

42

70

K2O

77

157

200

Xosildorlikni tuproqga fosfor, azot va kaliy solish xisobiga, oshirilishi.


Kultura va maxsulot turi


1 t solingan o‘g‘it xisobiga (N, P2O5,K2O) xosildorlikni o‘sishi, T


N

P2O5

K2O


Paxta

10-14

5-6

2

SHakar lavlagi


120-160

50-55

40-50

Bug‘doy

12-15

7-8

3-4

Xosilni, o‘g‘it qo‘llash xisobiga o‘zgarishi (s/ga).




o‘g‘itsiz


O‘g‘it bilan


Paxta

8-9

27-30

Bug‘doy

7-8

20-40

SHakarqamish


100-120

200-500

Mineral o‘g‘itlardan foydalanilganda paxta va boshqa texnika ekinlarining xosili tobora ortmoqda. Masalan, 1930 yilda O‘rta Osiyo respublikalarida xar gektar erdan 7-8 s paxta olingan bo‘lsa, xozirga paytga kelib, gektaridan o‘rta xisobda 29,2 s xosil olinmokda. Tuproqga solingan xar 1 kg fosfor qo‘shimcha 6-7 kg paxta, 50-60 kg kartoshka, xar 1 kg azot esa qushimcha ravishda 15-20 kg paxta va 150 kg kartoshka olish imkonini bermokda.


Mineral o‘g‘itlar ekinning xosildorligiini oshirishi bilan birgalikda maxsulotlar sifatini xam yaxshilaydi: dondagi oksil va kartoshkadagi kraxmal mikdorlarini ko‘paytiradi, paxta tolasining pishiqligini oshiradi.
Xosildorlikni oshirishdaga omillarni baxolashda: AQSH da 50% gacha. Fransiyada 50-70% gacha qo‘shimcha xosil olish o‘g‘itlar xissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tkazilgan tadkikotlar natijalariga qura, xosildorlikning oshirishdagi o‘g‘itlarning ulushi MDX, mamlakatlarining qoratuproqli mintaqalarida 40-50% ga, noqoratuproqli mintaqalarida 60-75% ga O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi xududidagi unumdor tuproqlarda 50-60% ga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin