O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə5/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Tayanch soʼzlar:
Melioratsiya; limon eruvchan oʼgʼitlar; sitratoʼgʼitlar; sul'fatizatsiya: mineral oʼgʼit; organomineral oʼgʼit; bakterial oʼgʼit; mikrooʼgʼit.

Nazorat savollari:
1. Organik oʼgʼitlarning axamiyati.

4. Flotmashina ishlash printsipi.


5. Аppatit qanday togʼ jinisiga kiradi.
6. Fosforit bilan appatitning farqi nimadan iborat.
7. Qanday elementlar ozuqa moddasi qisoblanadi.
8. Xayotda azotning axamiyati.
9. Kaliy elementini axamiyati.
10. Mikroelementlarning axamiyati.
Adabiyotlar.
  1. Gafurov Q., Shamsiddinov I.T. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Darslik. Toshkent. “Fan vatexnologiya”. 2010. 360 b.


  2. Mirzakulov X. Ch., Shamsiddinov I.T., To’raev Z. Murakkab o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Oquv qo’llanma. Toshkent. “Tafakkur Bostoni”. 2013. 216 b.


  3. Ибрагимов Г. И. Эркаев А.У. Якубов Р. Я. Туробжонов С. М. Калий хлорид технологияси. Ўқув қўлланма. Тошкент. 2010. 210 б.


  4. Raymond Chang, Jonn W.Thoman, JR, Physical Chemistry for the chemical sciences, 2014, Universiry Science Books.




Ma’ruza № 2. Mineral o'g'itlar ishlab chiqarish to'g'risida.


REJA:



  1. Mineral og‘itlar va ularni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xom- ashyolar


  2. Mineral rudalarni turli kimyoviy birikmalar bilan yuqori temperaturada pishirish


  3. Texnologiyada qo‘llaniladigan usullar.




    1. Mineral og‘itlar va ularni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xom- ashyolar

Mineral o‘g‘itlar va ularni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xom- ashyoning turlari ko'p bo'lgani sababli ishlab chiqarishda har xil usullar qo‘llani)adi. Ishlab chiqarish texnologiyasining omillari ko‘p. Biroq ularning sxemalari bir xil texnologik jarayonlardan iborat. Xususan:



  1. Termik yoki termokimyoviy xomashyoni qayta kuydirish yoki pishirish.


  2. Eritish, kristallash, eritmalarni aralashmalardan turli usullar bilan tozalash, qattiq va suyuq aralashmalarni dekantatsiya qilish, filtrlash, sentrifuga usullari bilan ajratish, bug'latish yo‘li bilan suyuq eritmalarini quyuqlashtirish va boshqalar.


Mineral xomashyolarni mineral o‘g‘itlarga qayta ishlash ikki usul bilan olib boriladi.


Birinchisini «ho‘l», ikkinchisi «termik» usul. Ho‘l usulga misol qilib fosforitlarni kislotalar bilan qayta ishlash, azot kislotasi bilan ammiakdan azot birikmalarini olish, kaliy tuzlarini kaliy mineralla- ridan ajratib olishni ko‘rsatish mumkin. Ba'zi o‘g‘itlarni tabiiy xom- ashyoni yuqori temperaturada ishlash yo‘!i bilan olish mumkin. Termik usul bilan turli termofosfatlar nomi bilan atalgan o‘g‘itlar ishlab chiqariladi.
Texnologik jarayonni maqbul sharoitda olib borish hamda bu sharoitlarni aniqlash uchun jarayonning fizik-kimyoviy asoslari me- xanizmlarini oTganish kerak.
Kuydirish jarayoni. Ma'lumki ko'p kimyoviy jarayonlar, ayniqsa qattiq moddalar oTtasidagi katalitik kimyoviy jarayonlar yuqori temperaturada olib boriladi. Kimyoviy jarayonlarning kechish temperaturasiga qarab kuydirish jarayonini bir qancha turlarga bo‘lish mumkin. Masalan, oksidlash va qaytarish yo‘li bilan kuydirish, kalsinatsiya,pishirish jarayonlari va boshqalar.
Oksidlash yo‘li bilan havo ishtirokida kuydirish yuqori tempe- raturali mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan. Masalan, ikki va- lentli temir oksidi (FeO) ni uch valentli temir oksidiga aylantirish:
6FeO + O2 = 2FeOFe2O3
4FeO + O2 = Fe2O3
Xrom rudasidagi uch valentli xromni olti valentli xromga aylan- tirishni misol qilish mumkin. Ko‘pincha tabiiy sulfid rudasini sulfat holatga oksidiash ham yuqori temperaturada olib boriladi:
CuS + 1,5 O2 = CuO + SO,
2S0, + 0,5 O2 2SO3
CuO + SO3CuSO4
Yuqorida ko‘rsatilgan jarayonda avvalo metall oksidi hosil bo‘lib gugurt dioksidi uch oksidiga qadar oksidlanadi. So‘ngra gugurt uch oksidi metall oksidi bilan birlashib sulfat hosil qiladi.
Sulfid rudalarini eruvchan holatga keltirish uchun ba'zan xlor birikmalari bilan kuydiriladi. Bu usul xlorli kuydirish deb ataladi. Buning uchun sulfid birikmalari osh tuzi bilan aralashtirib 550— 600°C darajada kuydiriladi. Natijada ajralib chiqqan SO2, Cl, va HCl metalloksidlari bilan reaksiyaga kirishib xloridlar hosil qiladi.
Ba'zi bir kuydirish jarayonlari qaytaruvchi reaksiyalarga asoslan- gan bo'ladi. Masalan, tabiatdagi fosforitlardan elementlar fosforni olish qaytarish jarayoni bilan ketadi. Qaytaruvchi reagent sifatida ko‘mir qo'llaniladi. Jarayon kremniy ishtirokida I500°C tempe- raturada ketadi.
Ca3(PO4)2 + 5C + 3SiO2 = P, + 5CO + 3CaSiO3
Bu reaksiya natijasida gaz holatida elementar fosfor va toshqol hosil bo'ladi. So'ngra fosforni suv bilan ishlash tufayli termik fosfor kisiotasi olinadi.




    1. Yüklə 1,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin