Ma’ruza №3. O’g’itlar klassifikatsiyasi.
Qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish
Mineral o‘g‘itlar (yoki sun’iy o‘g‘itlar)
Organik o‘g‘itlar.
Fosforli o‘g‘itlarning turlari.
Kompleks o‘g‘itlar ularni ishlab chiqarish xususiyatiga ko‘ra guruhlanishi
Qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish
Kimyolashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, melioratsiya ishlari va tuprokning unumdorligini oshirish borasidagi boshka tadbirlar asosida ishlab chikarishni yanada intensivlashtirish kishlok xujaligini yuksaltirishdagi asosiy yunalish xisoblanadi.
Kishlok xujaligini intesivlash ishlab chikarish kuchlarining tarakkiyoti bilan ob’ektiv ravishda boglik bulgan iktisodiy jarayonlar katoriga kiradi.
Kishlok xujaligini izchil va xar tomonlama intesivlashda kimyolashtirish aloxida axamiyat kasb etadi. Kimyolashtirish ugitllar, usimliklarni muxofaza kilishning kimyoviy vositalari, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlardan foydalanishdan iborat.
Usimlik usish davrida ba’zi elementlarni xavodan bargi orkali, ba’zilarini tuprokdan oladi.
Fosfor, azot va kaliy usimlik uchun eng zarur ozik moddalardir. Usimlik bu elementlarni tuprokdan oladi, tuprokda bu moddalar mikdori yildan-yilga kamayib, tuprokning unumdorligi pasayib boradi, bu ekinning xosildorligiga salbiy ta’sir etadi. Tuprokning unumdorligini oshirish uchun erni ugitlash kerak.
Gung - organik ugitlardan eng foydaligi. Gungning xar tonasida 5 kg azot, 2,5 kg fosfat angidrid va 6 kg kaliy oksid bor. Erni ozik moddalari bilan etarlicha ta’minlash uchun xar gektar erga 20 t dan 40 t gacha gung solish kerak. Organik ugitlar kishlok xujaligining kun sayin usib borayotgan talabini kondira olmaydi, chunki gung va boshka organik ugitlar tarkibidagi ozik moddalar mineral ugitlardagiga nisbatan bir necha barobar kam. Masalan, 1 t gungda 5 kg azot bulsa, 1 t ammiakli selitrada 350 kg azot buladi.
Lekin, mineral ugitlarni bilib, normasi bilan ishlatish kerak. Erni ugitlashning uzi xosildorlikni oshirishning yagona sharti bulib xisoblanmaydi. Buning uchun tuprokning sifatini yaxshilash, ekinni vaktida sugorish, usimliklarni tugri rivojlantirish, turli kasallik va zararkunandalarga karshi kurashish zarur.
Mineral ugitlardan foydalanilganda paxta va boshka texnika ekinlarining xosili tobora ortmokda. Masalan, 1930 yilda Urta Osiyo respublikalarida xar gektar erdan 7-8 s pexta olingan bulsa, xozirga vaktda xar gektar erdan urta xisobda 29,2 s xosil olinmokda. Erga solingan xar 1 kg fosfor kushimcha 6-7 kg paxta, 50-60 kg kartoshka, xar 1 kg azot esa kushimcha ravishda 15-20 kg paxta va 150 kg kartoshka olish imkonini bermokda.
3.1-jadval
Mineral ugitlarning xosilga ta’siri
Ekinlar
|
1t maxsulot olish uchun sarf langan ugit mikdori (kg)
|
1 ga dan 1 t kushimcha maxsulot olish uchun kerak buladigan ugit mikdori (kg)
|
|
N
|
P2O5
|
K2O
|
N
|
P2O5
|
K2O
|
Paxta..........
Donli usimliklar ..
Juxori (don uchun) ...
Juxori (silos uchun)
Kand lavlagi
Kartoshka .....
|
50
30
25
3,4
5,2
5,0
|
15
11,5
9
1,2
1,8
1,5
|
50
20
20
3,2
7,5
7,0
|
77,0
46,0
38,4
5,3
8,0
7,7
|
37,0
28,9
22,4
3,0
4,5
3,7
|
0-50
33,4
33,4
5,3
12,5
11,7
|
*Tuprokdagi kaliy zaxirasiga karab solinadi.
Mineral ugit ekinning xosilini oshirish bilan birga maxsulot sifatini xam yaxshilaydi: donda oksil va kartoshkada kraxmal mikdorini kupaytiradi, paxta tolasining pishikligini oshiradi.
O‘simliklarning me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun ular yetarli miqdordagi ozuqa moddalari bilan ta’minlanishi lozim.
Asosiy ozuqa moddalariga azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir kiradi. Bu elementlarning o‘simliklardagi hissasi yuzdan bir ulushdan bir necha foizgachani tashkil etadi va ular makroelementlar nomi bilan yuritiladi. Bundan tashqari, o‘simliklarga, bor, molibden, mis, marganes, rux va boshqa shular kabi bir qator o‘simlik va tuproqda mingdan bir ulush foizda bo‘ladigan moddalar zarurdir, ular mikroelementlar deyiladi.
O‘simliklarning hayotiy faoliyatida uglerod, kislorod va vodoroddan keyin azot fosfor va kaliy ham muhim ahamiyatga ega. Bunday elementlar tutgan o‘simliklarning ozuqa mahsulotlari qishloq xo‘jaligida asosiy mineral o‘g‘itlar nomi bilan yuritiladi.
O‘simliklar uglerod, kislorod va vodorodning asosiy miqdorini havo va suvdan oladi, boshqa elementlarni tuproq eritmasidan o‘zlashtiradi. Buning natijasida tuproqdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan birgalikda katta miqdordagi ozuqa elementlari chiqib ketadi. Dunyo masshtabida taxminan 1 mlrd tonna donli ekinlar mahsuloti bilan yiliga 33 mln tonna N, 12 mln tonna P2O5, 25 mln tonna K2O yo‘qotilishi hisoblab topilgan. Bundan tashqari, tuproqning yuvilishi, denitrifikatsiya jarayonida erkin azotning hosil bo‘lishi va fosforli o‘g‘itlarning retrogradatsiyasi hisobidan ham muntazam ravishda ozuqa elementlarining tuproqdagi zaxirasi kamayib boradi (3.1-3.3-jadvallar).
Agar yo‘qotilgan ozuqa moddalari o‘rni tegishli miqdordagi o‘g‘it solish yo‘li bilan muntazam to‘ldirib borilmasa, tuproq unumdorligi keskin kamayadi va hosidorlik darajasi tusib ketadi. Shuning uchun tuproqning yuqori va doimiy unumdorligini ta’minlash shartlaridan biri uni muntazam ravishda kerakli hajmdagi va assortimentdagi mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilishi lozimdir.
Dostları ilə paylaş: |